Zukkolar va landavurlar

Zukkolar va landavurlar

Malkolm Gladuell

4.6 (5 ta baho)
Baholang:
14 kishi oʻqimoqchi 3 kishi oʻqiyapti 1 kishi oʻqib boʻlgan
Janr: Ilmiy-ommabop

Kitob tavsifi

Bu foniy dunyo hayotini adolatli deb boʻlmaydi. Negaki, unda pul, hokimiyat, shon-shuhrat va omad odamlarning barchasiga teng taqsimlangan emas. Nega ayrim odamlarning hamma narsasi bor, boshqalarda esa hech vaqo yoʻq? Omadning sabablarini faqat insonning tabiat inʼom etgan shaxsiy fazilatlari bilan bogʻlash toʻgʻrimikin? Malkolm Gladuell har doim mutlaqo tasodif hisoblab kelingan muvaffaqiyatlarning zamirida yotgan yashirin qonuniyatlarni topgan birinchi insondir. Bu qonuniyatlar nega aksariyat buyuk xokkeychilar faqat yanvarda tugʻilganligini va hech qachon oktyabrda tugʻilmasligini, nima uchun matematikani osiyolik talabalar boshqalardan koʻra osonroq oʻzlashtirishini, nega Nyu-Yorkning eng obroʻli advokati boʻlish uchun albatta yahudiy boʻlish lozimligini tushuntirib beradi. Bu kitob Bill Geyts, “Bitlz” va Motsart kabi shaxslarni nima bogʻlab turishini hamda ular nega oʻz tengdoshlaridan oʻzib ketganligini koʻrsatadi. “Zukkolar va landavurlar” — “qanday qilib muvaffaqiyatli inson boʻlish” boʻyicha qoʻllanma emas. Bu siz oʻzingizga foydali tarzda foydalanishingiz mumkin boʻlgan hayot qonuniyatlari olamiga zavqli bir sayohatdir. Bir necha yil davomida “New York Times” va “Amazon” bestsellerlari roʻyxatidan tushmagan ushbu kitobni koʻplab mutaxassislar muvaffaqiyat haqidagi eng jiddiy kitob deb talqin etishgan. Kitob talabalarga, oʻqituvchilarga, oʻquvchilarga, tadbirkorlarga, umuman muvaffaqiyat qonunlarini kashf etish, oʻz ishida professional boʻlishni, biror bir sohani oʻrganishni xohlaydiganlarga tavsiya etiladi.

Kitob haqida

Asl nomi
Outliers: The Story of Success
Tili
Asar yozilgan til
Ingliz
Ilk nashr sanasi
2008

Statistika

4.6
O‘rtacha baho
5
Baholar

Baholar taqsimoti

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Telegram Help