Samaradorlikning 21 yoʻli
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing.
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Agar sizda : — Rejalagan ishlaringizga yetarli vaqt topilmayotgan; — Shaxsiy majburiyatlar, loyihalar, vaqt ortsa, oʻqiyman deganingiz talay jurnal va kitoblar yuki bosib qolgan. Biroq siz ularga ulgurmayotgan. Ishlaringizni toʻliq ado etishga umid ham qilmayotgan; — Koʻnglingizdagidek dam olishga vaqt orttira olmayotgan; — Ishlaringizni samarali yoʻlga qoʻyish usullarini har qancha oʻrganmang, rejalagan yumushlaringiz ortib, baribir vaqt yetmay qolayotgan boʻlsa, ushbu kitob aynan siz uchun! Kitob vaqtni toʻgʻri taqsimlash, ish yoki oʻqish jarayonini tashkillashtirish, hayot tarzini oʻzgartirish, natijada qanday qilib samaradorlikka erishish haqida nazariyadan uzoq, aniq maʼlumot va qoʻllanmalarni beradi. Kitob talabalar, tadbirkorlar, ishchilar, rahbarlar, kuni va vaqtini tartibni solishni xohlaydigan hatto uy bekalariga ham tavsiya qilinadi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Eat That Frog!: 21 Great Ways to Stop Procrastinating and Get More Done in Less Time
-
Tili
Asar yozilgan til
- Ingliz
- Ilk nashr sanasi
- 2001
- Oʻzbek tilida nashr etilgan sana
- 2020
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
📓 Brayan Treysi. "Samaradorlikning 21 yo'li" (2001)
🐸 Qurbaqani paqqos tushiring!
Mana shunday xitob bilan boshingizni qovoq qilib yuboradigan bu kitob shaxsiy rivojlanishga doir, kitobxonlar sinovidan o'tgan eng yaxshi motivatsion kitob(cha)lardan biri.
Kitob produktivlik va vaqtni samarali boshqarish bo'yicha amaliy tavsiyalarni ulashadi. Kitobdagi 21 muhim maslahatlarda samaradorlikni oshirish yo'llarini taklif qilinadi. Har bir maslahat oson va tushunarli tarzda tushuntirilgan.
Kimlar o'qishi kerak?
Kundalik ish rejalari tartibga qo'ya olmayotgan, qilinishi kerak bo'lgan bir necha ishlarni qaysi biridan boshlashni rejalashtira olmayotganlar uchun kitob juda foydali. Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar, bir vaqtning o'zida bir necha ishlarni baravariga bajarishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yganlar uchun kitobdagi sodda lekin mazmunli maslahatlar juda asqotadi.
🎧 Kitobni quyidagi link orqali audioformatda tinglashingiz mumkin:
https://t.me/audiomaskan/2734
✔️ @BahodirMahmud ushbu kitobni oʻqib chiqishni tavsiya qiladi.
📚 Men o'qigan boshqa kitoblarga taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)
Hozircha iqtiboslar yoʻq