Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing.
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Zamonamizning eng katta siri shundaki, hali oʻrganilmagan chegaralar va yaratilishi kerak boʻlgan yangi ixtirolar mavjud. Afsonaviy tadbirkor va investor Piter Til va Bleyk Masters "Noldan birga kitobida yangi narsalarni yaratuvchi kompaniyalarni qurish usullarini qanday topishimiz mumkinligini koʻrsatadi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Zero to One: Notes on Startups, or How to Build the Future
-
Tili
Asar yozilgan til
- Ingliz
- Ilk nashr sanasi
- 2014
- Oʻzbek tilida nashr etilgan sana
- 2023
Statistika
Baholar taqsimoti
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
Piter Til (Bleyk Masters) "Noldan birga" (2014)
📓 Goodreads: 4.15/5
⭐️ Shaxsiy ball: 9/10
Qisqa qilib aytganda ajoyib kitob! 🔥
Kitob muallifning o'z tilidan hikoya qilinadi. Uning Ilon Mask va boshqalar bilan qanday qilib Paypalni yaratgani, qanday qilib Feysbukning ilk investorlaridan biri bo'lgani va boshqa muvaffaqqiyatli jarayonlar haqida o'z hayotir tajribalariga asoslangan holda hikoyalar keltiradi. Kitob tili sodda, murakkab jumla va iboralarni deyarli uchratmaysiz. Unda nafaqat biznes, shuningdek, ijodiy va o'zgacha fikrlash, boshqalardan ajralib turish va oldinga to'g'ri qadam tashlash borasida qimmatli maslahatlar va yechimlarga duch kelishingiz mumkin.
🏆 E'tiborimni tortgani "Zakovat" intellektual o'yinlarida savol bo'lib tushadigan ko'plab ma'lumotlarning kitobda mavjudligi. Misol uchun yaqinda Namangan zakovat klubida "Kapitoliy" navbatchiligida Ted Kachinskiy (UnaBomber) (https://t.me/ShavkatbekShokirovblogi/479) haqida savol tushdi. Kitobda Kachinskiy haqida qiziq ma'lumotlarni uchratishingiz mumkin.
Kimlar o'qishi kerak? Biznes, xizmat ko'rsatish, marketing, iqtisodiyot, menejment, PR va HR sohalarida ishlovchi va mana shu sohaga qiziquvchi barcha. Shuningdek, "Zakovat"chilar ham o'qishsa foydadan holi bo'lmaydi.
Kitob javonimda bu kitobga joy bormi? ✅ Albatta. "Asaxiybooks" tomonidan qattiq muqovada chop etilgan (https://asaxiy.uz/uz/product/piter-til-bleyk-masters-noldan-birga-startaplar-haqida-qaydlar-yohud-kelajakni-qanday-qurish-mumkin) sifatli versiyasi allaqachon kitob javonimdan joy oldi.
👁 @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq