Odamlardan tinglab hikoya
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing.
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Atoqli yozuvchi Xayriddin Sultonning “Odamlardan tinglab hikoya” toʻplamini mutolaa qilar ekansiz, u maʼnaviy mulkingiz, bir umrlik hamrohingiz, doʻstingiz, darddoshingizga aylanib qolganini yurakdan his etasiz. Xoʻsh, ushbu kitobni koʻnglimizga yaqin qilgan, oʻqishliligi, muvaffaqiyatini belgilab bergan jihatlar nimalardan iborat? Avvalo, muallif hassos shoir Hamid Olimjonning bizni bolalikning sirli, sehrli olamiga yetaklovchi, har birimizning qalbimizda iliq va qadrdon xotiralarni uygʻotuvchi goʻzal satrini kitobga nom sifatida tanlab olgan. “Odamlardan tinglab hikoya”. Birgina ushbu misraning oʻzi bizni odamlar, uzoq yillardan buyon shirin diydoriga talpinib yashayotganimiz — boboyu buvilarimiz, ota-onamiz, doʻstu yaqinlarimiz haqida oʻylashga undaydi. Ular bilan kechgan dilbar suhbatlar, qiziqdan-qiziq hangomalar, voqea-hodisalarni yodga soladi. Shu orqali ularning yorqin qiyofasi koʻz oldimizda yana bir bor jonlanadi. Xayriddin Sultonning ushbu kitobini oʻqish asnosida ham ana shunday sogʻinchli hislar olamiga tushib qolamiz. Chunki toʻplamga kiritilgan hayotnomalarni muallif toʻqib chiqargan emas, u faqat doʻstu yaqinlaridan, zamondoshlaridan eshitgan voqea-hodisalarni, esdaliklarni, kechinmalarni qogʻozga tushirgan, xolos
Kitob haqida
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Ilk nashr sanasi
- 2020
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
Hozircha taqrizlar yoʻq
Hozircha iqtiboslar yoʻq