Erkin Vohidov

Erkin Vohidov

28.12.1936 30.05.2016

5.0 (3 ta baho)
Doston Falsafa Komediya Tarix To'plam Tragikomediya

Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq shoiri (1987), Oʻzbekiston Qahramoni (1999). ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1960). Ilk sheʼriy toʻplami – “Tong nafasi” (1961). “Qoʻshiqlarim sizga” (1962), “Yurak va aql” (1963), “Mening yulduzim” (1964), “Muhabbat” (1976), “Tirik sayyoralar” (1978), “Ruhlar isyoni” (1979), “Sharqiy qirgʻoq” (1982), “Kelajakka maktub” (1983), “Bedorlik” (1985), 2 jildli saylanma (“Muhabbatnoma” va “Sadoqatnoma”, 1986), “Kuy avjida uzilmasin tor” (1991), “Yaxshidir achchiq haqiqat” (1992) kabi asarlar muallifi. “Yoshlik devoni” (1968)da mumtoz oʻzbek adabiyotining eng yaxshi anʼanalarini davom ettirgan. Dramalari ham bor (“Oltin devor”, 1969; “Istanbul fojiasi”, 1985). I. Gyotening “Faust” asarini, S. Yesenin (“Zamin dargʻasi”) va boshqa shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi (1997). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). 2016-yil 30-mayda Toshkent shahrida vafot etdi.

Kitoblar (5)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Zamin sayyorasi
Zamin sayyorasi

2014

5.0 (1)
Ruhlar isyoni
Ruhlar isyoni

1980

0.0 (0)
Oltin devor Erkin Vohidov
Oltin devor

0.0 (0)
Ikkinchi tumor Erkin Vohidov
Ikkinchi tumor

0.0 (0)
So'z latofati
So'z latofati

5.0 (2)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help