Hojiakbar Shayxov

Hojiakbar Shayxov

Tavalludi
25-mart 1945
Hikoya Qissa Toʻplam

Hojiakbar Shayxov (Hojiakbar Islom Shayx) 1945-yil 25-martda Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon viloyatidagi Chuguchak shahrida tugʻilgan. Oʻzbek ilmiy-badiiy fantastikasining asoschilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1997). Ota-bobolari asli toshkentlik boʻlib, Sharqiy Turkistonga kuchib ketishgan va 1955-yil vataniga qaytishgan. Toshkent politexnika institutining energetika fakultetini tugatgan (1971). 30 dan ziyod ilmiy-fantastik hikoyalar, qissalar va romanlar muallifi. «Rene jumbogʻi», «Zalvorli odimlar» (1977), «Ettinchi operatsiya» (1979), «Gʻaroyib koʻlanka» (1980), «Olmos jilosi» (1983), «Soʻnggi ajdarning halokati», «Hayotbaxsh xayollar» (1985), «Ajdodlar xotirasi» (1986), «Yonar daryo» (1986), «Maktab sahnasi» (1988), «Sehrli qiz» (1989), «Telba dunyo» (1990), «Tutash olamlar» (1996), «Jodugarning eri» (1999), «Ikki jahon ovorasi» (2001) va boshqa fantastik qissa va romanlari bor. Publitsistik asarlar ham yozgan («Fan fidoyisi», 1987; «Zamin shaydosi», 1990). Yozuvchi 2002-yil 27-mayda Toshkent shahrida vafot etgan.

Kitoblar (8)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Olmos jilosi
Olmos jilosi

1983

4.8 (9)
Mutamax Hojiakbar Shayxov
Mutamax

5.0 (1)
Olovdan chiqqan odam Hojiakbar Shayxov
Olovdan chiqqan odam

5.0 (1)
Pushtirang falokat Hojiakbar Shayxov
Pushtirang falokat

5.0 (1)
Jodugarning eri Hojiakbar Shayxov
Jodugarning eri

5.0 (1)
Iblis bilan muloqot Hojiakbar Shayxov
Iblis bilan muloqot

5.0 (1)
Birinchi sinov Hojiakbar Shayxov
Birinchi sinov

4.3 (6)
Sirli nur Hojiakbar Shayxov
Sirli nur

5.0 (1)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.