- Tavalludi
- 21-mart 1941
- Vafoti
- 5-oktabr 2016
1941-yil 21-martida Qashqadaryo viloyati Koson tumani Nekoʻz qishlogʻida tugʻilgan.
1958 – 1963-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetida oʻqigan.
1996 – 2009-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Abdulla Oripov – 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni muallifi.
2015-yili “Italiya yulduzi” xalqaro ordeni bilan taqdirlangan.
1983-yili Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni, 1998-yili “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilgan.
2016-yil vafot etgan.
Xalqimizning atoqli va ardoqli shoiri Abdulla Oripov yasharish va yangilanish bayrami Navroʻz kuni tavallud topgan.
Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning oʻzbek filologiyasi fakulteti, jurnalistika boʻlimini bitirgach, 1963 – 1967-yillarda “Yosh gvardiya” nashriyotida muharrir; 1974 – 1976-yillarda “Sharq yulduzi” jurnali boʻlim mudiri; 1976 – 1982-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiy maslahatchisi; 1982 – 1983-yillarda uyushmaning Toshkent viloyati boʻlimi masʼul kotibi; 1983 – 1985-yillarda “Gulxan” jurnali bosh muharriri; 1985 – 1996-yillarda Yozuvchilar uyushmasi masʼul kotibi; 1996 – 2009-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi va bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2009-yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faxriy raisi sifatida adabiyotimiz ravnaqi yoʻlida munosib xizmat qildi.
Adabiyotga nurli istiqbolidan darak bergan “Mitti yulduz” (1965) toʻplami bilan kirib kelgan shoirning “Onajon”, “Ruhim”, “Oʻzbekiston”, “Hayrat”, “Yurtim shamoli”, “Yuzma-yuz”, “Najot qalʼasi”, “Surat va siyrat”, “Yillar armoni”, “Ishonch koʻpriklari”, “Sen bahorni sogʻinmadingmi”, “Qush tili”, “Munojot”, “Haj daftari. Hikmat sadolari”, “Dunyo”, “Ibodat”, “Saylanma”, “Savob”, “Bedorlik”, “Mustaqilik qoʻshigʻi”, “Bir qarasam...”, “Shoir yuragi”, “Mehr”, “Talosh pallasi”, “Menga xush xabar ayt”, “Ranglar va ohanglar”, “Ezgulik”, “Umr manzillari”, “Everest va ummon”, “Ishq sahrosi” kabi ellikdan ortiq toʻplamlari chop etildi. “Hakim va ajal”, “Jannatga yoʻl”, “Ranjkom”, “Sohibqiron” va “Istiqlol manzaralari” dostonlari Abdulla Oripov badiiy epik polotnolar yaratish bobida ham ulkan salohiyatga ega ijodkor ekani dalilidir.
Uning Aleksandr Pushkin, Taras Shevchenko, Sergey Baruzdin, Lesya Ukrainka, Yenyo Xeltai, Yegishe Charens, Qaysin Quliyev, Maxsutiy Ganjaviy, Xarivanshray Bagchan, Kresti Merilaas, Adhat Sinoʻgʻil, Xalil Rizo, Nikolay Tixonov, Ibroyim Yusupov singari shoirlar asarlaridan qilgan tarjimalari bugungi avlodni jahon adabiyotining nodir namunalari bilan tanishtirishi barobarida yosh ijodkorlar uchun ijodiy tajriba maktabi sifatida ham ahamiyatlidir. Uygʻonish davrining buyuk shoiri Dante Aligerining “Ilohiy komediya” asaridan tarjimasi shoir tarjimonlik faoliyatining choʻqqisi, deyish mumkin.
Ijodkorning publitsistik maqolalari hamda suhbatlarida Vatan va millatning buguni, istiqboli bilan bogʻliq dolzarb muammolar yechimiga doir qimmatli fikrlari yoritilgan. Xalqimizning murakkab va shonli kechmishi, milliy istiqlol qadri, mustaqillikni mustahkamlash, islohotlar mohiyati, shaxs va jamiyat maʼnaviyatini yuksaltirish singari muhim masalalar ijodkor publitsistikasi bosh mavzularini tashkil etadi.
Oʻrta va yosh avlod shoirlarining aksariyati sheʼriyat sirlarini Abdulla Oripov ijodiy laboratoriyasidan oʻrganganlarini eʼtirof etadilar. Bu milliy adabiyotimizda Abdulla Oripov sheʼriyati maktabi shakllangani isbotidir.
Abdulla Oripov 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni muallifidir. Uning butun ijodi, shuningdek, Davlat madhiyasi matni xalqimiz qalbiga mustaqillik gʻoyalarini singdirishda alohida ahamiyat, kuch-qudratga ega.
Shoir ijodi davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan: Unga Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni berilgan. Shoir davlat mukofotlari sovrindori boʻlgan. U ijod ahli orasida birinchi boʻlib “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
Abdulla Oripov ijodi xalqaro miqyosda ham munosib eʼtirof qozongan. Asarlari jahonning rus, ingliz, nemis, arab, fors, yapon, koreys, bolgar, turk, ukrain, tojik, turkman, ozarbayjon singari koʻplab tillariga tarjima qilingan. 2007-yili “WIPO Creativity Award” oltin medali bilan mukofotlangan. Yaponiyaning Soka universiteti professori, Kaliforniya (AQSh) Fan, taʼlim, sanoat va sanʼat xalqaro akademiyasining haqiqiy aʼzosi, faxriy “Italiya yulduzi” xalqaro ordeni bilan taqdirlangan.
Abdulla Oripov birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis deputati, Senat aʼzosi sifatida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarning qonuniy asoslarini takomillashtirish ishida faol ishtirok etdi.
2017-yili Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Abdulla Oripov ijod maktabi tashkil etildi. Unda badiiy adabiyotga, ijodga iqtidorli oʻgʻil-qizlarning taʼlim-tarbiya olayotgani shoirning nomi, ijodiy merosini targʻib qilish bilan birga, yoshlarni ustoz adabiy darsxonasi ilmu sirlarini chuqur oʻrganishlari, yuksak maʼnaviyatli shaxslar boʻlib ulgʻayishlari uchun katta imkoniyatdir.
Yurtboshimizning 2020-yil 2-dekabrdagi Qarori bilan 2021-yilda atoqli shoir Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanadigan boʻldi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning betakror, gʻoyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlari avlodlar qalbidan joy olib, ularni eng goʻzal fazilatlar ruhida tarbiyalaydi, dunyo maʼnaviy xazinasining durdo-nalari boʻlib qolaveradi.
Kitoblar (13)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
Umr manzillari
|
2019 |
5.0
(2)
|
Yangi sheʼrlar
|
2019 |
5.0
(1)
|
Everest va ummon
|
2018 |
0.0
(0)
|
Men nechun sevaman Oʻzbekistonni
|
2018 |
0.0
(0)
|
Sohibqiron
|
2016 |
5.0
(3)
|
Istiqlol manzaralari
|
2011 |
0.0
(0)
|
Menga xush xabar ayt
|
2009 |
0.0
(0)
|
Talosh pallasi
|
2007 |
0.0
(0)
|
Onajonim sheʼriyat
|
2004 |
0.0
(0)
|
|
Ranjkom
Abdulla Oripov
Ranjkom
|
1988 |
1.0
(1)
|
|
Yillar armoni
Abdulla Oripov
Yillar armoni
|
1984 |
0.0
(0)
|
|
Hakim va ajal
Abdulla Oripov
Hakim va ajal
|
1980 |
0.0
(0)
|
|
Jannatga yoʻl
Abdulla Oripov
Jannatga yoʻl
|
1978 |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
Umr manzillari
|
2019 | Toʻplam |
5.0
|
Yangi sheʼrlar
|
2019 | Toʻplam |
5.0
|
Everest va ummon
|
2018 | Toʻplam |
0.0
|
Men nechun sevaman Oʻzbekistonni
|
2018 | Toʻplam |
0.0
|
Sohibqiron
|
2016 | Drama |
5.0
|
Istiqlol manzaralari
|
2011 | Doston |
0.0
|
Menga xush xabar ayt
|
2009 | Toʻplam |
0.0
|
Talosh pallasi
|
2007 | Toʻplam |
0.0
|
Onajonim sheʼriyat
|
2004 | Toʻplam |
0.0
|
|
Ranjkom
Abdulla Oripov
Ranjkom
|
1988 | Doston |
1.0
|
|
Yillar armoni
Abdulla Oripov
Yillar armoni
|
1984 |
0.0
|
|
|
Hakim va ajal
Abdulla Oripov
Hakim va ajal
|
1980 | Doston |
0.0
|
|
Jannatga yoʻl
Abdulla Oripov
Jannatga yoʻl
|
1978 | Doston |
0.0
|