Kuchsizlar kuchi
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
"Kuchsizlar kuchi" asari sobiq SSSR kommunistik tuzumining mohiyatini, rejim hayoti va uning mafkuraviy maqsadlarini amalga oshirishda qaysi usul va uslublardan foydalanishini ochib beradi. Shu bilan birga, asarda gʻayriinsoniy tuzumlarda oʻzlikni saqlab qolib haqiqiy hayot asosida yashash shartlarini, shuningdek, posttotalitar tuzumlarda siyosiy manqurtga aylanmaslik koʻnikmalarini taʼsirli misollar bilan yoritadi. Shuningdek, esse kommunistik mafkura asoratlaridan xalos boʻlish jarayonida “siyosiy dekompressiya” qoidalariga rioya qilishda hamda postsovet davlatlarining demokratik taraqqiyot yoʻnalishini tutishida muhim manba boʻlib hisoblanadi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Moc bezmocných
-
Tili
Asar yozilgan til
- chex
- Ilk nashr sanasi
- 1979
Statistika
Baholar taqsimoti
Oʻxshash kitoblar
#Kitoblar
📕 Vatslav Havel. Kuchsizlar kuchi
2024-yil hisobidan qog'oz holatidagi navbatdagi uchinchi kitob mutolaasi yakunlandi.
Kitob nima haqida: Siyosat. Kitob 1993-2003-yillar oralig'ida Chexiya Respublikasi Prezidenti lavozimida ish olib borgan Vatslav Havel tomonidan yozilgan. Kitob kommunistik ruhdagi (masalan, SSSR) tuzumga ega mamlakatlarning siyosati haqida hikoya qiladi.
Siyosiy atamalar ko'p bo'lgani sababli kitobni tushunish biroz murakkablikni tug'dirishi mumkin. Lekin kitobdagi umumiy ma'noni tushunish uchun boshqa siyosaytga oid kitoblarni ko'p o'qigan bo'lish talab etilmaydi.
Agar siyosat olamiga qiziqsangiz tez orada o'qishingiz kerak bo'lgan kitoblar safiga qo'shsangiz bo'ladi. Qiziqmasangiz, bu asar siz uchun emas.
O'zbek tiliga Hamid Sodiq tomonidan tarjima qilingan.
✅ @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq