Vatslav Gavel
05.10.1936 — 18.12.2011
Vatslav Gavel (Václav Havel) - chex davlat arbobi, yozuvchi, shoir, dramaturg va dissident. 1989 — 1992 yillarda Chexoslovakiya prezidenti; chex dramaturgi. Chexiya oliy texnika maktabini, Nafis sanʼat akademiyasining teatr fakultetini tugatgan. 1950-yildan "Na Zabradli" teatrida sahna texnigi, dramaturg, rejissyor assistenti boʻlib ishlagan. 1968-yil "Mustaqil yozuvchilar klubi" uyushmasi raisi. Keyinchalik Chexoslovakiyada inson huquqlarini himoya qilish harakati yetakchilaridan biri boʻlgan. Bir necha marta qamalgan. 1989-yildan "Fuqarolik forumi" harakati yetakchisi. Chexoslovakiya voqeligi toʻgʻrisidagi "Bogʻ tantanasi" (1963-yil sahnalashtirilgan, 1964-yil eʼlon qilingan), "Bildirish" (1965-yil sahnalashtirilgan), "Audiyensiya" (1975-yil radio orqali eshittirilgan), "Vasvasa" (1985), "Assonans" (1987) satirik pyesalari muallifi.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Reyting |
|---|---|---|
Kuchsizlar kuchi
|
1979 |
3.5
(2)
|
| Kitob | Nashr yili | Janr | Reyting |
|---|---|---|---|
Kuchsizlar kuchi
|
1979 | Siyosiy |
3.5
|