Beparvolikning nozik san’ati
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Soʻnggi yillarda Menson ancha ommalashgan blogi orqali oʻzimiz va atrofimizdagi olam haqidagi yolgʻon tasavvurlarimiz va ularni toʻgʻrilash haqida yozdi. Nihoyat, u oʻzining achchiq haqiqatlarini shu kitobga jamladi. Ushbu kitobda muallif baxtli boʻlishning kaliti mudom “ijobiy” fikrlashni toʻxtatib, voqelikni tan olish va unga tik borishda, deb koʻrsatadi. “Yillar mobaynida bizga ijobiy fikrlash – baxtli va muvaffaqiyatli hayotning kaliti, deya uqtirib keldilar. Ortiq bunday boʻlmaydi. Ijobiylikka tupuring,” – deydi Mark Menson. Menson ilmiy tadqiqotlar xulosalari va oʻrinli oʻtkir hazillari yordamida oʻz argumentini quvvatlaydi. Muallif imkonimiz cheklanganini bilib, buni boricha qabul qilishni maslahat beradi. “Bu – qudratli boʻlishning chin manbai, – deydi u. – Qoʻrquvimiz, nuqsonlarimiz va mubhamliklarni boricha qabul qilgach, ortiq ulardan qochmaymiz, balki ularga qarshi yuzlanamiz, izlaganimiz jasorat va ishonchga erishamiz.” Kitobni oʻqir ekansiz, muallif koʻngilochar hikoyalar-u achchiq hazillar bilan yelkangizdan silkib, mudroqdan uygʻotgandek boʻladi. “Beparvolikning nozik sanʼati” yanada mazmunli, qoniqarli umr kechirishimiz uchun tetiklashtiruvchi tarsakidir.
Kitob haqida
- Asl nomi
- The Subtle Art of Not Giving a F*ck
-
Tili
Asar yozilgan til
- Ingliz
- Ilk nashr sanasi
- 2016
Statistika
Baholar taqsimoti
Oʻxshash kitoblar
Perfect
#MenOʻqiganKitob
😓 Mark Menson. "Beparvolikning nozik san'ati" (2016)
Boshqa motivatsion, shaxsiy rivojlanishga doir kitoblardan farqli o'laroq bu kitob sizga qilinishini kerak bo'lgan ishlarni qilmang deydi, yaxshi narsalarni yomon deydi va hokazo. So'zimning isboti sifatida kitobning boblariga diqqat qilishingizni so'rayman:
1. Urinmang (Don't try)
2. Baxt muammodir (Happiness is a problem)
3. Siz o'zgacha emassiz (You are not special)
4. Iztirob qiymati (The value of suffering)
5. Doim tanlov oldidamiz (You are always choosing)
6. Siz hammasida nohaqsiz (men ham) (You are wrong about everything (But so am I))
7. Muvafaqqiyatsizlik - olg'a yurish degani (Failure is the way forward)
8. "Yo'q" deyishning ahamiyati (The importance of saying no)
9. ... va umringiz o'tadi (And then you die)
😃 Kitob boblarini teskari tarzda yozib chiqsa ham bitta motivatsion kitob hosil bo'ladi. Masalan: Harakat qiling. (Try)
Kitobda bir qancha hayotiy hikoyalar keltirilgan. Asosiy urg'u atrofimizdagi olamga bosiqlik, hotirjamlik, kerak bo'lsa beparvolik bilan munosabatda bo'lishga undaydi.
📓 Goodreads: 3.88/5
⭐️ Shaxsiy: 6/10
Kitob javonimda bu kitobga joy bormi? ❌ (Biroz hayp qilib yuborilgan nazarimda)
📚 Men oʻqigan boshqa kitoblarga taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)
👁 @BahodirMahmud
Hayot muomolar bilan qiziq. Muammo borki yechim bor. Siz uni yechimini topish bilangina baxtli bo‘la olasiz.