Garri Potter

Garri Potter

Joanna Ketlin (Jo) Rovling

Baholanmagan
Baholang:
1 kishi oʻqimoqchi 1 kishi oʻqiyapti
Janr: Sarguzasht-fantastik qissa

Kitob tavsifi

Harry Potter - yettita fantaziya janridagi romanlar toʻplamidir. Bir yosh sehrgar bola haqidagi bu kitobda, Harryning qora sehr dunyosi vakili Lord Voldemortga qarshi kurashi tasvirlanadi. Harry Potter romanlari turkumining birinchisi boʻlmish Harry Potter va hikmatlar toshi 1997-yil 26-iyunda chiqarildi. Roman umumjahon boʻylab mashhurlikka erishdi, tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi hamda tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozondi. 2018-yilning fevraliga koʻra, Harry Potter romanlari toʻplami butun dunyo boʻylab 500 milliondan oshiq nusxada sotilgan boʻlib, buning ortidan hamma vaqtlarning eng koʻp sotilgan kitoblar toʻplami boʻldi.[1] Shuningdek, shu kungacha ushbu romanlar toʻplami saksonta tilga tarjima qilingan. Toʻplamning oxirgi toʻrttasi ketma-ket tarzda eng tez sotilgan kitob oʻlaroq rekord oʻrnatdi. Toʻplamning oxirgisi boʻlmish Harry Potter va ajal tuhfalari romani Buyuk Britaniyada 2.7 million nusxada, AQShda esa 8.3 million nusxada sotilgan. Toʻplam Buyuk Britaniyada Bloomsbury nashriyotida, AQShda Scholastic Press nashriyotida ingliz tilida chop etilgan. Ushbu romanlar turkumi asosida sakkizta film suratga olindi. Ularning barchasi Warner Bros. Pictures tarafidan tarqatilgan boʻlib, umumjahon boʻylab taxminan $25 milliard daromad qilgan va buning ortidan tarixda uchinchi eng kassabop film qismlari boʻldi. Shuningdek, Rowling tarafidan yozilgan ssenariyga asoslangan Harry Potter and the Cursed Child („Harry Potter va lanʼatlangan bola“) nomli pyesa premyerasi 2016-yil 30-iyulda London shahridagi Palace teatrida boʻlib oʻtdi.

Kitob haqida

Asl nomi
Harry Potter
Tili
Asar yozilgan til
Ingliz
Ilk nashr sanasi
1997

Statistika

0.0
O‘rtacha baho
0
Baholar

Baholar taqsimoti

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Telegram Help