Asl otalar kitobi
12+Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing. Batafsil
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Bu dunyoda siri boʻlmagan odam kuchsiz odamdir deydi mutafakkirlar. Har qaysi toifadagi insonning maʼlum siri boʻlganidek, otalarning ham oʻzlari yaratgan, kashf qilgan sirlari boʻlishi kerak. Demak, har bir yaxshi otaning bir qarashda oddiy, lekin kuchli sirlari mavjud. Yaxshi ota farzandlariga mehribon, shirinsoʻz, oʻrni kelganda qattiqqoʻl va talabchan boʻla olgan otadir. Har qaysi ota farzandi uchun eng yaxshi ota hisoblansa kerak, chunki bolalar otasini kamchiliklari bilan ham yaxshi koʻradi. Asosiysi farzandini moddiy jihatdan taʼminlash, ularning ilm olishi, hunar oʻrganishi, komil inson boʻlishida har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdir. Oilasini himoya qilish – Otaning burchi. Ota oilaning tayanchi va farzandlarining suyanchi boʻlishi kerak Ushbu kitobda muallif farzand tarbiyasi, yaxshi ota boʻlish sirlari haqida oʻz hayotiy tajriba va bilimlarini baham koʻradi. Kitob barcha otalarga, ota boʻlish arafasida turgan yosh yigitlarga zarur qoʻllanmadir. Keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
Kitob haqida
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Yosh chegarasi
- 12+
Statistika
Baholar taqsimoti
Oʻxshash kitoblar
Hozircha taqrizlar yoʻq
Hozircha iqtiboslar yoʻq