Hammamiz oʻzimiz ega boʻlgan narsani — u ekinimiznimi yoki hayotimiznimi — yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqamiz. Ammo bizning taqdirimizni ham, olam tarixini ham azal daftariga bitta Qoʻl bitganini tushunsak, bu qoʻrquv yoʻqoladi.
“Hammaning dunyoni oʻrganadigan oʻz uslubi bor, — oʻyladi yigitcha. — Uniki menga, meniki unga toʻgʻri kelmaydi. Faqat shuning uchungina uni hurmat qilmasligim insofdan emas”.
Roʻyi zamindagi har bir odam, u nima bilan shugʻullanishidan qatʼiy nazar, dunyo tarixida eng asosiy vazifani bajaradi. Odatda, buni oʻzi ham bilmaydi.
Baʼzi mahmadona olimlar faqat qogʻozga yozilgan narsani tarix deb hisoblashadi. Axir, qadim zamonlarda qanchadan-qancha voqealar yozib qoldirilmagan boʻlsa, unda nima qilish mumkin?..
Ota-ona bolani koʻp yashaydi, umri uzoq boʻladi, hatto tasavvur etib boʻlmas darajada cheksiz umr koʻradi, degan niyatda tugʻilishini kutadilar, aks holda odamlar azob chekib bola koʻrisharmidi?!
Biroq zamonamizning burnidan naridagini ko‘rishga noqobil zodagonlarida jasorat degan narsa yo‘q, ular buyruq berishadi-da, ammo shu buyruqni eshitgan quloqlardan o‘lgudek qo‘rqishadi, hatti-harakatlarini ko‘rib turgan ko‘zlarni ko‘rganda, o‘takalari yori
Xudoyim o‘zi yaratgan insonga hayot va yashashga cheksiz muhabbarni ham ato etgan ekan, inson ana shu hayotni saqlash uchun qo‘lidan kelgan hamma choralarini ko‘rmog‘i kerak, bu Xudoning amri.
Eng xavfli narsa harakatsizlik, hafsalasizlik. Tinmay mashq qilib kuchingizga kuch qoʻshib, oʻzingizni oʻzingiz chiniqtirmasangiz, qochayotganda halok boʻlishingiz hech gap emas.
Yurak shunday bir narsaki, u orzu-umidlarning ilk shabadasi esishi bilan darhol ortiq shishib, kengayib ketadi, voqelikning sovuq shamoli esgudek bo‘lsa, birdan siqilib kichrayib qoladi.
Axir sudya faqat qonunni juda boplab ijro qilibgina qolmay, qonun boblarini uddaburonlik bilan izohlabgina qolmay, kishi yuragini, dilini tekshiradigan mohir psixolog bo‘lishi kerak emasmi?
Gʻazabga mingan olomon koʻziga yomon koʻringanni toshboʻron qilib oʻldirish mumkin, biroq oʻlim hukmi eʼlon qilinganda, u har qanday zoʻr jinoyatchi boʻlmasin, unga haqorat toshi otganlar kamdan-kam boʻladi.
Dunyoda shunday fojialar yuz beradiki, ularni odamlar faqat his etadilar, ammo aqlga sigʻdira olmaydilar, ana shunda ogʻzidan eng samimiy, eng ehtirosli hayqiriq otilib chiqqan zotni ulugʻ shoir, desa boʻladi.
Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘qchilik — illat. Birinchisida inson tug‘ma olijanob fazilatlarni saqlab qola oladi, ammo yo‘qchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi.
Bizni chaqib olgan ilonning ortidan quvish oqibatida butun tanamizga zahar tarqaladi. Shuning uchun ilonni taʼqib qilish oʻrniga, zaharni tanamizdan chiqarib tashlashni oʻylashimiz lozim.
Odamlar koʻpincha sarob gʻalabaga erishganini koʻp narsalarni qurbon qilib erishgan muvaffaqiyati aslida oʻzi istagandan koʻra qadrsizroq boʻlib chiqqanini kech anglaydi.
Biz uchun nima eng muhimligini bilgan onimizdan boshlab, hayotimizda katta oʻzgarish sodir boʻladi. Endi biz har kuni qanday boʻlishimiz, nimalar qilishimiz lozimligidan voqif boʻlamiz.
Boshqaruv muvaffaqiyat narvonidan koʻtarilishdagi samaradorlik hisoblanada; muvaffaqiyat narvoni toʻgʻri devorga qoʻyilganini aniqlash yetakchilik boʻladi.
“Shaxsiy gʻalabalar” “ommaviy gʻalabalar”dan oldin keladi. Shaxsiy boshqaruv va shaxsiy intizom — boshqalar bilan yaxshi munosabat oʻrnatish poydevoridir.
Toʻgʻrilikning eng muhim belgilaridan biri oʻzi yoʻq boʻlgan insonlarga sadoqatni saqlashimizda namoyon boʻladi. Oʻzi hozir boʻlmaganlarni himoya qilsangiz, hozir boʻlganlarning ishonchini qozonasiz.
Odamlar odatda notoʻgʻri xulosalar tufayli qilingan xatolarni kechiradi, lekin qasddan, yomon niyatda, yomon maqsadda qilingan xatolarni, birinchi xatoni magʻrurona oqlash sabab yuzaga kelgan galdagi xatoliklarni aslo kechirmaydi.
Oiladagi muhabbat bolalarga maʼlum manfaat asosida berilsa, muhabbatga egalik qilish uchun nimadir bajarishga toʻgʻri kelsa, ular oʻzini ortiq qadrli va sevimli his qilmaydi.
Agar siz gʻalaba qozonish uchun vaqt va kuch sarf qilsangiz, boshqa yuksak qadriyatlarni oyoqosti qilishingiz mumkin. Ehtimol, yutuq bunga umuman arzimas.
Bizda hamisha shoshib, yaxshi maslahatlar bilan muammoni hal etishga moyilmiz. Biroq uning asl mohiyatini oʻrganib chiqib, chuqur tahlil qilishni unutamiz.
Jismoniy omon qolishdan keyingi eng katta ehtiyoj — bu psixologik omon qolishdir. Inson ruhan tirik boʻlishi uchun, uni tushunishlari, qabul qilishlari va qadrlashlari lozim.
Pul topmasdan biznesni samarali yoʻlga qoʻyib boʻlmaydi, ammo pul tashkiliy mavjudlikning yagona sababi emasn. Biz ovqatlanmasdan yashay olmaymiz, ammo yashash uchun ovqatlanmaymiz.