To'qchilik va yo'qchilik
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
"Iqtisodiy tanglik insonlar feʼl-atvorini qay darajada o‘zgartiradi?" "Umuman, insoniylik chegarasi qayerda boshlanadi-yu, qayerda tugaydi?" Florida shtatida yashovchi oddiy baliqchi Harri Morganning hayotida sodir bo‘lgan voqealarga asoslangan ushbu asarda aynan shu savollarga javob izlanadi. Iqtisodiy kuchlar qora bozor hammoliga aylantirgan asar qahramonining hayoti yil fasllari kabi o‘zgarishlarga boy. Biroq, keyingi yillar uning hayotiga baxtli yakun bera olarmikin?
Kitob haqida
- Asl nomi
- To Have and Have Not
-
Tili
Asar yozilgan til
- Ingliz
- Ilk nashr sanasi
- 1937
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Detektivligi yoqdide menga yananimadey ekan
Endi òqishni boshladim yaxshi kitobga òxshaybi
#MenOʻqiganKitob
📖 Ernest Heminguey. "To'qchilik va yo'qchilik" | To have and have not (original title)
Negadir o'zim sotib olgan kitoblardan ko'ra, sovg'aga berilgan kitoblarni avvalroq o'qishni yaxshi ko'raman. Hemingueyning "Asaxiy books" loyihasi doirasida chop etilgan "To'qchilik va yo'qchilik" kitobi ham ana shunday sovg'a kitoblardan edi. 🎁
Asarni o'qishni boshladim-u, negadir "Chol va dengiz" asarining mantiqiy davomini o'qiyotgandek his qildim o'zimni.
Asar baliqchilik kemasi kapitani Hari Morganning qanday qilib yaxshi xulqni insondan tirikchilik tashvishi, ayoli va qizlari uchun yaxshi sharoit yaratish ilinjida qabih jinoyatlarni sodir eta oladigan insonga aylanishi haqida hikoya qiladi.
Buyuk depressiya (iqtisodiy tanglik) insonlar shuuriga qay darajada salbiy ta'sir ko'rsatgani nadaqat Hari Morgan, balki asarning boshqa qahramonlari tili bilan ham ochiq ko'rsatiladi.
🎬 Asarturli xil rejissorlar tomonidan bir necha marta kadrlarga muhrlangan:
🎞 To have and have not (1944)
🎞 The breaking point (1950)
🎞 The gun runners (1958)
🎞 Captain Khorshid (1987) 🇮🇷 (eronlik kinoijodkorlar tomonidan)
Negadir asarni o'qish jarayonida "Breaking bad" seriali ssenariysi yodimga tushdi. 1950-yilgi film adaptatsiyaning nomi ham "The breaking point" ekanligi shunchaki tasodifdir.
Asar menga qisman ma'qul. O'zi oldindan Hemingueyning ijodi kaminada o'ta katta qiziqish uyg'otmagan.
⭐️ Goodreads.com saytida 5 balldan 3 ball qo'ydim.
✅ @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq