Ozor berma
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing.
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Buyuk britaniyalik yetakchi neyrojarroh Henri Marsh rahm-shafqat va samimiylik bilan miya jarrohining hayotini tavsiflovchi operatsiyaning shiddatli quvonchini, chuqur taʼsirli gʻalabalarni, dahshatli oqibatlarni, pushaymonli lahzalarni oʻz kitobida ochib beradi. Ushbu “Ozor berma” kitobi zamonaviy kasalxonada sodir boʻladigan son-sanoqsiz insoniy dramalar haqida unutilmas tushuncha beradi. Eng muhimi, bu hayotdagi eng qiyin damlarda ham umid qilish kerakligi haqida saboq beradi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Do No Harm
-
Tili
Asar yozilgan til
- Ingliz
- Ilk nashr sanasi
- 2014
Statistika
Baholar taqsimoti
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
Henri Marsh. "Ozor berma" (Do No Harm: Stories of Life, Death, and Brain Surgery) (2014)
⭐️ Shaxsiy ball: 6/10
Kitob nima haqida? Britaniyalik mashhur neyrohirurg Henri Marshning ana shu sohada yillar davomida amalga oshirgan operatsiyalari, bemorlari bilan bog'liq jarayonlar haqidagi hikoyalarni jamlagan memuar asar.
Yozuvchi kitobi davomida sobiq SSSRdagi tibbiyot tizimini taqqoslaydi. Ularni ajratib turuvchi farqlarni yaqqol ko'rsatadi. Faoliyati davomidagi turfa xil bemorlar, og'ir va yengil operatsiyalar, oila va ish o'rtasidagi bog'liqliklar haqida turfa xil ma'lumotlarni berib o'tadi.
Kimlar o'qishi kerak? Tibbiyot sohasidagi barcha! Talabalar, shifokorlar, hamshiralar, psixologlar va hokazo.
Kitob javonimda bu kitobga joy bormi? ❌ Yo'q. Sababi faqatgina bu sohadan uzoqda bo'lganim, xolos. Lekin inglizcha original nashrga yo'q demagan bo'lardim)
P.S.: Aytish kerakki, kitobning o'zbek tiliga tarjimasi juda ham ajoyib chiqqan. Kitobga past baho qo'yishim sababi sohamga doir bo'lmagani uchun. Kimlardir bu kitobga yuqori baho bersa ular 100%ga haq.
Hozircha iqtiboslar yoʻq