Ulugʻbek Hamdam

Ulugʻbek Hamdam

Tavalludi
24-aprel 1968
Falsafa Hikoya Roman

Ulugʻbek Hamdam (Hamdamov Ulugʻbek Abduvahobovich) 1968-yil, 24-aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanida tugʻilgan. 1988-1993-yillarda ToshDU ning oʻzbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 1992-93-yillarda esa davlatimiz tashabbusi bilan oʻqishga yuborilgan talabalar safida Turkiyaning Koʻnyo shahrida tahsilni davom ettirgan. 1993-1994-yillarda Sharqshunoslik institutida turk tilidan dars bergan. 1994-1996-yillarda Hozirgi Milliy Universitet oʻzbek filologiyasi fakultetining kunduzgi aspiranturasini oʻqigan. 1997-yilda “30-yillar oʻzbek sheʼriyatida “sof lirika” muammosi” (Oybek sheʼrlari misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ilmiy rahbari – filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov. Hozirda “XX asr oʻzbek sheʼriyati badiiy tafakkur tadrijining ijtimoiy-psixologik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. Ilmiy maslahatchi – filologiya fanlari doktori, professor Naim Karimov. 1997-2009-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va Adabiyot institutida katta ilmiy xodim. 2009- yildan beri “Sharq yulduzi” jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda.“Tangriga eltguvchi isyon” (2002), “Atirgul” (2006), “Seni kutdim” (2007) sheʼriy hamda “Yolgʻizlik” (2000), “Muvozanat” (2003), “Isyon va itoat” (2004), “Sabo va Samandar”, “Uzoqdagi Dilnura” (2010) kabi nasriy asarlari nashr etilgan. Ilmiy asarlar toʻplami ham bor (“Badiiy tafakkur tadriji”, 2003; “Yangilanish ehtiyoji”, 2007). U. Hamdam J. Rumiyning “Ichindagi ichindadir” (2001) va professor U. Turonning “Turkiy xalqlar mafkurasi tarixi” nomli asarlarini turk tilidan oʻgirgan.

Kitoblar (13)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Yaxshi odamlar
Yaxshi odamlar

2025

0.0 (0)
Muvozanat
Muvozanat

2021

4.0 (1)
Sabo va Samandar
Sabo va Samandar

2011

0.0 (0)
Toʻlin oy qissasi Ulugʻbek Hamdam
Toʻlin oy qissasi

0.0 (0)
Safar Ulugʻbek Hamdam
Safar

0.0 (0)
Naʼmatak Ulugʻbek Hamdam
Naʼmatak

0.0 (0)
Auditoriya Ulugʻbek Hamdam
Auditoriya

0.0 (0)
Alvido, azizim darax... Ulugʻbek Hamdam
Alvido, azizim daraxt!

0.0 (0)
Koʻnglimdagi daryo Ulugʻbek Hamdam
Koʻnglimdagi daryo

0.0 (0)
Isyon va Itoat
Isyon va Itoat

5.0 (1)
Isyon va itoat Ulugʻbek Hamdam
Isyon va itoat

0.0 (0)
Yoʻl Ulugʻbek Hamdam
Yoʻl

5.0 (1)
Binafsha Ulugʻbek Hamdam
Binafsha

5.0 (1)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.