Muvozanat
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing. Batafsil
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
“Tavba, odamlar bir-birlari bilan urishib yurishsa, men doim oʻzim bilan oʻzim jang qilaman. Boshqalar bilan olishishga menda na fursat bor va na ragʻbat bor...” Eʼtiboringizga havola etilayotgan kitob qahramoni – Yusufni hamisha mana shunday chigalliklar qarshisida uchratasiz. U hamisha yashashdan maʼno axtarar ekan, qalbidagi bezovtalikdan xalos boʻlolmaydi. Bu bezovtalik birda moddiyat, birda maʼnaviy yetishmovchilik bilan bogʻliq boʻlgani holda uni tinimsiz qarshiliklar, oʻz-oʻzidan qoniqmaslik, qalban hamisha oʻzini yolgʻiz his qilish kabilarda namoyon boʻladi. Ammo uning qalbida qatʼiyat va ishonch bor. Boshiga tushgan ming bir azoblar, jigarbandining vafoti, oilasining tanazzuliga qaramay u boshqa yoʻlni tanlolmaydi, boshqacha yasholmaydi... Bir qarashda qalbi uygʻoq bu qahramonning iztiroblariga sherik boʻlgingiz, uning oʻrniga oʻzingizni qoʻyib, yashash uchun osonroq, yengilroq yoʻlni tanlagingiz keladi. Ammo...
Kitob haqida
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Ilk nashr sanasi
- 2021
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
📖 Ulugʻbek Hamdam. "Muvozanat" (1997)
"Carpe Diem" kitobxonlik klubimiz bilan navbatdagi moʻljalimiz Ulugʻbek Hamdamning "Muvozanat" asari boʻldi. Hozirgacha mustaqillikdan oldingi oʻzbek adabiyotining eng sara asarlarini oʻqib kelayotgan edik. Bu safar esa mustaqillikdan keyingi asarlardan biri ta'mini tatib koʻrishga qaror qilib, bu asarni tanladik va oʻylaymanki, adashmadik.
Asar haqida:
Kitob oʻzining har bir bobida hayotning turli jabhalarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan jarayonlarning munosabatlari, aytish mumkin boʻlsa ikki tomon oʻrtasidagi muvozanat haqida hikoya qiladi.
Bosh qahramon Yusuf ismli, tarixchi olim, oʻzbek xalqining sof tarixini roʻy-rost koʻrsatishni oʻz oldiga maqsad qilgan, sovet zamoniga qaytish tugul, bu fikrni qoʻllab-quvvatlagan odamni nohaq ekanligini isbotlab berishga shay boʻlgan yigit. Faqat ilmni tutgan. Shuni orqasidan shahri azimda ijarama-ijara, sarson yurib, yakunda oilasidan ajraladi. Bolalikdan birga oʻsgan eng yaqin doʻstlari, kursdoshlari Mirazim va Saidlar boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ketib allaqachon Toshkentning kazo-kazolari qatoridan joy olishgan. Baxtga qarshi, Yusuf ham ularning yoʻlidan yurib koʻrad. Yakunda oʻz hayotidagi muvozanatni qayta topadi.
Asarda muhim oʻrin tutgan obrazlardan yana biri bu Yusufning akasi Amirdir. Yusufdan farqli oʻlaroq, ilm ortidan emas, din ortidan tushgan, uning ich-ichiga kirib ketgan, koʻziga kasal xotini, bolalarining ta'minoti, yeb-ichishi, ota-onasining ahvolida koʻrinmay kun-u-tun tinmay namoz oʻqiydigan obraz.
Muvozanatning bu qadar buzilib ketishi, boshiga it azobini tushishiga sabab boʻlib, oʻzini jinnixonada koʻradi. Endi muvozanatni qayta joyiga qoʻyish osonmikin?
Umuman, asarni oʻqir ekansiz, har bir nuqtasida muvozanatning teng kelishiga qarshilik qiluvchi ikki tomonga guvoh boʻlaverasiz. Ilm va ilmsizlik, halollik va harom, nochorlik va isrofgarchilik, sadoqat va hiyonat, ramziy ma'nodagi qullik va ozodlik, e'tibor va bepisandlik, sabr va ochkoʻzlik kabi ziddiyatlar shular jumlasidandir.
Asar oʻzining sodda tili va yozilish uslubi bilan menga juda maʼqul keldi. Chortoq tumanida shevadagi ayrim soʻzlar, yashash tarzining ifodalanishi Andijonning ayrim hududlariga juda oʻxshash. Asar voqealarining koʻp qismi Andijonning Marhamat tumanida boʻlgani voqealar goʻyoki oʻzimizning tumanda, shu yaqin atrofda boʻlayotgandek taassurot uygʻotdi.
⭐️ Asar uchun shaxsiy reyting: 8/10
Kitobni oʻqib chiqishni tavsiya qilaman. Balki shu asar orqali siz ham oʻz hayotingiz muvozanati toparsiz.
📚 Men oʻqigan boshqa kitoblarga taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)
✅ @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq