- Tavalludi
- 22-avgust 1920
- Vafoti
- 5-iyun 2012
XX asrning eng buyuk fantast-yozuvchilaridan biri – Rey Bredberi (Ray Bradbury) 1920-yili Illinoys shtatidagi Uokigan shahrida tavallud topgan. Boʻlajak yozuvchi faqat oʻrta taʼlim bilan cheklanib, hech qachon oliy maʼlumotli boʻlmagan. Bredberi 12 yoshida yozuvchi boʻlishga qaror qilgan. Oʻzining dastlabki ishlarida u viktorian prozasi vakili – Edgar Poning uslubiga taqlid qilgan. Bredberining hikoyalari, odatda, arzon jurnallarda chop etilgan va faqatgina “Mars xronikalari” hikoyalar toʻplami unga dastlabki tijoriy muvaffaqiyatni taqdim etgan (1950-yil). 1953-yili Bredberining “Farengeyt boʻyicha 451 daraja” roman-antiutopiyasi chop etilganidan soʻng, uning shuhrati butun dunyoga yoyildi. Shundan keyin, yozuvchining har bir yangi kitobi katta bir voqelikka aylandi. U toʻqqizta roman, jumladan, “Falokat yaqinlashmoqda” (1962), “Oʻlim – yolgʻiz qilinadigan ish” (1985), “Aqlsizlar uchun qabriston” (1990) romanlari, shuningdek, koʻplab qissa (ular orasida qisman avtobiografik boʻlgan “Momaqaymoq vinosi” (1957) alohida ajralib turadi) va hikoyalar muallifidir. Yozuvchining oʻzi 400 dan ortiq hikoya yozganini, ularning baʼzilari nisbatan katta asarlarning yozilishi uchun asos boʻlganini qayd etgan. Rey Bredberining bir qator asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan (“Marsga hujum”, “Farengeyt boʻyicha 451 daraja” (“Jahon adabiyoti” jurnalining 2010-yil sonlarida) va boshqalar).
Kitoblar (11)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
Farengeyt boʻyicha 451º
|
1953 |
4.1
(15)
|
|
Ertaga qiyomat
Rey Bredberi
Ertaga qiyomat
|
1951 |
4.3
(3)
|
|
Pushtirang darcha
Rey Bredberi
Pushtirang darcha
|
— |
0.0
(0)
|
|
Shamol
Rey Bredberi
Shamol
|
— |
0.0
(0)
|
|
Qotil
Rey Bredberi
Qotil
|
— |
0.0
(0)
|
|
Armageddon
Rey Bredberi
Armageddon
|
— |
0.0
(0)
|
|
Marsga hujum
Rey Bredberi
Marsga hujum
|
— |
0.0
(0)
|
|
Mayin yomgʻir shival...
Rey Bredberi
Mayin yomgʻir shivalar…
|
— |
0.0
(0)
|
|
Raketa
Rey Bredberi
Raketa
|
— |
0.0
(0)
|
|
Kashta
Rey Bredberi
Kashta
|
— |
0.0
(0)
|
|
Bahor sehrgari
Rey Bredberi
Bahor sehrgari
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
Farengeyt boʻyicha 451º
|
1953 | Roman |
4.1
|
|
Ertaga qiyomat
Rey Bredberi
Ertaga qiyomat
|
1951 | Hikoya |
4.3
|
|
Pushtirang darcha
Rey Bredberi
Pushtirang darcha
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Shamol
Rey Bredberi
Shamol
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Qotil
Rey Bredberi
Qotil
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Armageddon
Rey Bredberi
Armageddon
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Marsga hujum
Rey Bredberi
Marsga hujum
|
— | Roman |
0.0
|
|
Mayin yomgʻir shival...
Rey Bredberi
Mayin yomgʻir shivalar…
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Raketa
Rey Bredberi
Raketa
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Kashta
Rey Bredberi
Kashta
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Bahor sehrgari
Rey Bredberi
Bahor sehrgari
|
— | Hikoya |
0.0
|