Kitob tavsifi
Hayot tezlashgan, bir xillik tenglik deb ataladigan, odamlar bir-birini eshitmaydigan, fikrlashdan toʻxtagan, hurlik mahv etilgan… Bu jamiyatda kitoblar aql kushandasi sanaladi, taqiqlar tufayli odamlar asta-sekin ulardan voz kechadi, adabiyotdan qoʻrqadi. Ular faqat quloqlaridagi “chigʻanoq”lardan taraladigan maʼnisiz musiqadan mast, reklamalardan sarxush yashaydi.Kitoblar taqiqlangan yaqin kelajakdagi xayoliy Amerika jamiyati haqida hikoya qiluvchi ushbu asar bosh qahramoni Gay Monteg – oʻt oʻchiruvchi. Nomi oʻt oʻchiruvchi, ammo kitoblarni ular topilgan uylar bilan qoʻshib yoqish uning aʼmolidir. Ammo kuni kelib, u oʻz kasbining toʻgʻriligiga shubhalanib qoldi va asta-sekin fikrlashni istayotganini sezdi, ana shundan boshlangan isyon ortidan u oʻzi yashab turgan jamiyatdagi tutumni, tartibotni savol ostiga ola boshladi. Alaloqibat u oʻzi kabi insonlardan iborat yashirin guruhga qoʻshildi… Ilk bor nashr etilganiga qariyb 70 yil boʻlsa-da, Rey Bredberining dunyo miqyosida tan olingan “Farengeyt boʻyicha 451º” asari hamon jahon adabiyotining sara asarlaridan boʻlib kelmoqda. Ushbu distopik asarda koʻtarilgan mavzular bugun har qachongidan ham dolzarbroq tus olib boryapti.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Fahrenheit 451
-
Tili
Asar yozilgan til
- Ingliz
- Ilk nashr yili
- 1953