Ahmad Muhammad Tursun

Ahmad Muhammad Tursun

Biografiya Bolalar adabiyoti Maʼrifiy Memuar Risola Tarixiy

Ahmad Muhammad Tursun (Tursunov Ahmad Mamajonovich) 1949-yili Namangan shahrida tugʻilgan. 1979-yili Namangan Davlat Universitetini tamomlagan. 1967-yildan buyon matbuotda faoliyat olib borgan: “Namangan haqiqati” gazetasida turli vazifalarda, “Namangan atlasi”, “Irfon”, “Tarjimon”, “Suhbatdosh”, “Hayrat” gazetalari bosh muharriri boʻlib ishlagan. 2003-2010-yillarda “Hidoyat” jurnalida boʻlim muharriri boʻlgan. 2014-yildan “Hilol-nashr” nashriyotida muharrirlik qilgan. Ellikka yaqin badiiy, ilmiy-maʼrifiy, publitsistik kitoblari nashr etilgan. Oʻʼbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzosi. Muallifning “Siz qanday yashamoqchisiz?”, “Sohilsiz dengiz”, “Ulugʻlar shunday yashashgan”, “Koʻhna dunyo rivoyatlari”, “Hikmatlar kitobi”, “Rivoyatlar kitobi” kitoblari “Hilol nashr” nashriyotida, “Dunyoni tebratgan buyuklar” silsilasidagi “Avrangzeb Olamgir. Boburiy hukumdor va maʼrifat homiyi”, “Abu Homid Gʻazzoliy. Qalblar tabibi”, “Salohiddin Ayyubiy. Quddus xaloskori”, “Hasan Basriy. Atoqli donishmand”, “Umar ibn Abdulaziz. Adolatli hukmdor”, “Abdulloh ibn Muborak. Buyuk muhaddis va faqih”, “Amir Temur. Buyuk sarkarda va sohibqiron” kitoblari “Qaqnus media” nashriyotida chop etilgan. Shuningdek, turli yillarda Ahmad Muhammad Tursunning “Toʻrt dengiz osha sayohat”, “Barcha davoning boshi”, “Qaynona va kelin”, “Islom hazorasi”, “Umrning bir lahzasi”, “Tarozining ikki pallasi”, “Tabobat kitobi”, “Sedana 1000 dardga davo”, “Har dardning davosi bor”, “Sharq Haqni topdi”, “Haq hamisha gʻolib”, “Ota-ona rizosi”, “Quddus amakining saboqlari”, “Islom dini”, “Ahmad amakining saboqlari” kabi kitoblari chop etilgan.

Ahmad Muhammad Tursun 2021-yil 18-may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.

Kitoblar (14)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Dunyoni tebratgan 7 buyuk
Dunyoni tebratgan 7 buyuk

2021

5.0 (3)
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga sodiq Muhammad Sodiq
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga sodiq Muhammad Sodiq

2021

0.0 (0)
Chingizxon Ahmad Muhammad Tursun
Chingizxon

2021

4.0 (1)
Sogʻuniy Ahmad Muhammad Tursun
Sogʻuniy

2021

0.0 (0)
Imom Buxoriy
Imom Buxoriy

2021

0.0 (0)
Amir Temur
Amir Temur

2020

0.0 (0)
Sohilsiz dengiz
Sohilsiz dengiz

2019

4.8 (5)
Hasan Basriy
Hasan Basriy

2019

0.0 (0)
Umar ibn Abdulaziz
Umar ibn Abdulaziz

2019

0.0 (0)
Abdulloh ibn Muborak
Abdulloh ibn Muborak

2019

5.0 (1)
Salohiddin Ayyubiy
Salohiddin Ayyubiy

2018

0.0 (0)
Abu Homid Gʻazzoliy
Abu Homid Gʻazzoliy

2017

0.0 (0)
Avrangzeb Olamgir
Avrangzeb Olamgir

2017

0.0 (0)
Ahmad amakining saboqlari
Ahmad amakining saboqlari

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.