Abdulla Avloniy

Abdulla Avloniy

Tavalludi
12-iyul 1878
Vafoti
24-avgust 1934
Drama

Mashhur oʻzbek maʼrifatparvari, shoiri va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻilgan. Eski maktabda savod chiqardi, madrasada tahsil oldi. Oiladagi moddiy qiyinchiliklar tufayli bolaligidan odamlar eshigida mehnat qildi, gʻisht quyish, suvoqchilik, pechkachilik, duradgorlik, binokorlik kabi kasblar bilan shugʻullandi, «Imoratchi usta» degan nom oladi. Abdulla Avloniy sheʼrlari 15 yoshidan boshlab matbuotda koʻrina boshladi. Jadidchilik harakati rahbarlaridan biri boʻlgan Avloniy 1904-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida jadid maktabini, 1909-yilda «Jamiyati xayriya» uyushmasini tashkil etadi. 1905-1917-yillarda matbuotdagi qizgʻin faoliyati, koʻplab publitsistik maqolalari bilan «bir yoqdan milliy islohot uchun mafkura hozirlagʻon, ikkinchi yoqdan el orasiga oʻzgarish tuxmini sochgʻon» ham( Abdulla Avloniy boʻldi. Avloniy oʻzi nashr etgan «Shuhrat» (1907) nomli gazetasi faoliyatini shunday baholagan edi. U Turkistonda birinchilardan boʻlib maktabga geografiya, kimyo, xandasa, fizika fanlari kiritilishiga taʼsir koʻrsatdi, taʼlimni real turmush bilan bogʻlashga intildi, bir dars bilan boshqasi oʻrtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga oʻtishdagi imtihonni joriy etdi, taʼlim tizimining dunyoviy yoʻnalishini kuchaytirshiga alohida eʼtibor berdi. Uning «Birinchi muallim» («Muallimi avval», 1909), «Ikkinchi muallim» («Muallimi soniy», 1912) nomli darsliklari, «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Gulistoni maktab» (1917), «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar» (1909-1916, 6 qism) kabi qoʻllanmalari maktablarda oʻqitilgan. Avloniy «Turon» (1917) gazetasiga «Yashasin xalq jumhuriyati» degan shiorni tanladi, «Turon» nomli teatr toʻgaragini tashkil etib, iqtidorli yoshlarni toʻpladi, ayrim rollarni ijro etishda oʻzi ham qatnashdi. Shoir Afgʻonistonda elchi boʻldi, turli oʻquv yurtida dars berdi. Abdulla Avloniyning Hijron, Nobil, Indamas, Shuhrat, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegiboy degan taxalluslari boʻlgai. U 1934-yil 24-avgustda Toshkentda vafot etdi. Avloniy ijodi boʻyicha Begali Qosimov ilmiy izlanishlar olib borgan.

Kitoblar (6)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Turkiy Guliston yoxud axloq
Turkiy Guliston yoxud axloq

1913

5.0 (1)
Biz va siz Abdulla Avloniy
Biz va siz

5.0 (1)
Pinak Abdulla Avloniy
Pinak

0.0 (0)
Poʻrtugʻoliyo inqilo... Abdulla Avloniy
Poʻrtugʻoliyo inqilobi

0.0 (0)
Advokatlik osonmi Abdulla Avloniy
Advokatlik osonmi

0.0 (0)
Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom
Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.