"Usta va Margarita"ga Bahodir Mahmuddan taqriz va iqtiboslar

Usta va Margarita

Mixail Bulgakov

Reyting: 3.9

Baho: 14 ta Taqriz: 2 ta Iqtibos: 0 ta

Taqriz

24-aprel, 2025

#Kitob #UstaVaMargarita

📖 Yangi yil hisobi boʻyicha ikkinchi kitobni yakunladim. Yarmigacha oʻqidim, uyogʻiga tingladim (https://t.me/audiomaskan/1666). Tugatish qiyin boʻldi. Ogʻir asar.

Ogʻir asar boʻlishiga qaramay, barcha asrning eng yaxshi 100 kitoblari orasida. Yozuvchi bu asarni yozishda Gyotening "Faust"idan ilhomlangan deyiladi.

Mixail Bulgakovning shoh asari. 1928-1940-yillar oraligʻida yozilgan. Chop etilishi esa nisbatan keyinroq, kuchli ruhdagi satira sabab senzuraga uchrab yozuvchining oʻlimidan soʻng, rafiqasi Yelena Bulgakova tomonidan 1966-1967-yillarda qismlarga ajratilgan holda amalga oshgan.

Qoʻlyozma varianti toʻliq variantda 1967-yil ilk bor Parijda, senzuraga uchrab olib tashlangan qismlari qayta birlashtirilib toʻliq holda esa 1969-yil Frankfurtda chop etilgan.

⭐ Goodreads.com saytida 348 000ga yaqin ovoz bilan 4.29/5 ball olgan. Shaxsiy reyting: 4/5

❗️Diqqat, spoyler

Asar voqealari 1930-yillardagi ateistik ruhdagi Moskvaga xudoning borligini isbotlash uchun kelgan Foland ismli afsungar niqobidagi shayton, uning Korovyov ismli yordamchisi, Begemot laqabli gapira oladigan qora mushuk, qotil Azazello va jamoaning ayol jinsli yordamchisi vampirning kirib kelishi, shuningdek aholini hayratga soladigan moʻjizaviy ishlarni amalga oshirishi bilan boshlanadi.

Asar nomi garchi "Usta va Margarita" deb atalgan boʻlsa-da, asar mazmunan toʻliq aynan bu ikki shaxs oʻrtasidagi muhabbat haqida emas.

Asar shuningdek, yaxshilik va yomonlik, aybsizlik va gunohkorlik, jasorat va qoʻrqoqlik, ozodlik va qullik mavzulariga ham alohida toʻxtalib oʻtadi.

✈️ @BahodirMahmud

Iqtiboslar

Hozircha iqtiboslar yoʻq :(
Logo Logo © 2025 Mutolaa.uz