Bahodir Mahmud

Bahodir Mahmudning "Ulugʻbek xazinasi" asariga taqrizi

25-avgust 2025

#MenOʻqiganKitob

Odil Yoqubov. "Ulug'bek xazinasi" (1973)

⭐️ Shaxsiy ball: 9/10

Ajoyib asar. 🔥

Mirzo Ulug'bekning mash'um taqdiri, uning tomonidan qoldirilgan ulkan xazinaning shogirdlari tomonidan yashirilishi, padarkush Abdulatifning hukmronlikdagi keyingi olti oylik davri voqealari g'oyat chiroyli badiiy uslub bilan ochib berilgan.

Asarda shuningdek, ota va o'g'il, ustoz-shogird, do'st-u birodar, sevishganlar munosabatlari o'qishli bo'lgan dialog va monologlar bilan ko'rsatib berilgan.

🎬 Agar qalami o'tkirroq ssenarist topilsa, yaxshigina moliyaviy mablag' ajratilsa, ushbu kitob asosida turklarning tarixiy seriallari kabi sevimli, tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo'ya oladigan ish qilish mumkin.

🇺🇿 O'zbek adabiyotidan boshqa o'qigan asarlarim (https://t.me/BahodirMahmud/304)

👁 @BahodirMahmud

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Telegram Help