#MenOʻqiganKitob
📖 Ernest Heminguey. "To'qchilik va yo'qchilik" | To have and have not (original title)
Negadir o'zim sotib olgan kitoblardan ko'ra, sovg'aga berilgan kitoblarni avvalroq o'qishni yaxshi ko'raman. Hemingueyning "Asaxiy books" loyihasi doirasida chop etilgan "To'qchilik va yo'qchilik" kitobi ham ana shunday sovg'a kitoblardan edi. 🎁
Asarni o'qishni boshladim-u, negadir "Chol va dengiz" asarining mantiqiy davomini o'qiyotgandek his qildim o'zimni.
Asar baliqchilik kemasi kapitani Hari Morganning qanday qilib yaxshi xulqni insondan tirikchilik tashvishi, ayoli va qizlari uchun yaxshi sharoit yaratish ilinjida qabih jinoyatlarni sodir eta oladigan insonga aylanishi haqida hikoya qiladi.
Buyuk depressiya (iqtisodiy tanglik) insonlar shuuriga qay darajada salbiy ta'sir ko'rsatgani nadaqat Hari Morgan, balki asarning boshqa qahramonlari tili bilan ham ochiq ko'rsatiladi.
🎬 Asarturli xil rejissorlar tomonidan bir necha marta kadrlarga muhrlangan:
🎞 To have and have not (1944)
🎞 The breaking point (1950)
🎞 The gun runners (1958)
🎞 Captain Khorshid (1987) 🇮🇷 (eronlik kinoijodkorlar tomonidan)
Negadir asarni o'qish jarayonida "Breaking bad" seriali ssenariysi yodimga tushdi. 1950-yilgi film adaptatsiyaning nomi ham "The breaking point" ekanligi shunchaki tasodifdir.
Asar menga qisman ma'qul. O'zi oldindan Hemingueyning ijodi kaminada o'ta katta qiziqish uyg'otmagan.
⭐️ Goodreads.com saytida 5 balldan 3 ball qo'ydim.
✅ @BahodirMahmud