Bahodir Mahmudning "Raqamli qalʼa" asariga taqrizi
🤟 Den Braun. Raqamli qal'a
⭐️ Shaxsiy ball: 8/10 📓 Goodreads: 3.71/5
Agar siz bir nafasda yengil o'qiladigan, syujetga boy asar qidirib yurgan bo'lsangiz bu kitob siz uchun. Asarni o'qir ekansiz, o'zingizni go'yoki bir Holivud texno-triller filmlaridan birini ko'rayotganday his qilasiz.
Asar voqealari AQSh hukumatining MXA (Milliy xavfsizlik agentligi) tomonidan Transxabar deb nomlangan, istalgan turdagi yashirin xabar yoki matnli ma'lumotni qisqa vaqt ichida qayta shifrlab beradigan superkompyuterning yaralishi hamda u bilan bog'liq jarayonlar atrofida sodir bo'ladi. Agentlik bunday superkompyuterning borligini inkor etsa-da, unda muttasil foydalanishda davom etadi. Bunga ushbu superkompyuterni yaratishda bosh-qosh bo'lgan kuchli dasturchilardan biri Enzay Tankado qarshi chiqadi va barcha voqealar shundan boshlanadi.
Asarning jumboqli syujeti, filmlarbop voqealar ketma-ketligi, kriptografiya olami haqidagi sodda, tushunarli ma'lumotlari uni sizga manzur keladigan kitoblardan biriga aylantirsa ajab emas.
🌍 Jahon adabiyotiga doir boshqa kitoblarga kichik taqrizlar
👁 @BahodirMahmud