#MenOʻqiganKitob
Henri Marsh. "Ozor berma" (Do No Harm: Stories of Life, Death, and Brain Surgery) (2014)
⭐️ Shaxsiy ball: 6/10
Kitob nima haqida? Britaniyalik mashhur neyrohirurg Henri Marshning ana shu sohada yillar davomida amalga oshirgan operatsiyalari, bemorlari bilan bog'liq jarayonlar haqidagi hikoyalarni jamlagan memuar asar.
Yozuvchi kitobi davomida sobiq SSSRdagi tibbiyot tizimini taqqoslaydi. Ularni ajratib turuvchi farqlarni yaqqol ko'rsatadi. Faoliyati davomidagi turfa xil bemorlar, og'ir va yengil operatsiyalar, oila va ish o'rtasidagi bog'liqliklar haqida turfa xil ma'lumotlarni berib o'tadi.
Kimlar o'qishi kerak? Tibbiyot sohasidagi barcha! Talabalar, shifokorlar, hamshiralar, psixologlar va hokazo.
Kitob javonimda bu kitobga joy bormi? ❌ Yo'q. Sababi faqatgina bu sohadan uzoqda bo'lganim, xolos. Lekin inglizcha original nashrga yo'q demagan bo'lardim)
P.S.: Aytish kerakki, kitobning o'zbek tiliga tarjimasi juda ham ajoyib chiqqan. Kitobga past baho qo'yishim sababi sohamga doir bo'lmagani uchun. Kimlardir bu kitobga yuqori baho bersa ular 100%ga haq.