Bahodir Mahmudning "Me’mor" asariga taqrizi
#MenOʻqiganKitob
Mirmuhsin. "Me'mor"
⭐️ Shaxsiy ball: 8/10
Mirmuhsin tarixiy asarlarning dahosi. Bu asar oʻzbek adabiyotidagi tarixiy asarlar durdonalaridan biri deb aytish mumkin.
Asar voqealari buxorolik me'mor Najmiddin Buxoriy va uning atrofida boʻlib oʻtadi.
Koʻp yillar Hirotda muhtasham bino-inshootlar, madrasalar, koʻpriklar qurilishida bosh-qosh boʻlgan me'mor, Temuriy shahzodalarning taxt talashishi, koʻrolmas, ichiqora insonlar sabab oilasi va shogirdlari bilan tugʻilib oʻsgan joyi Buxoroga qaytib kelishga majbur boʻladi. Vataniga qaytib kelgandan keyin ham urushlar, ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar sabab roshnolik koʻrmagan usta taqdiri sizni ham oʻylantirib qoʻyadi.
Asarda ota-onalar va farzandlar, ustoz-shogird munosabatlari, ilmga intilish, bunyodkorlik, jasorat mavzulari juda chiroyli tarzda ochib berilgan.
Shuningdek, asar har qanday urush va ziddiyatlar mamlakatni bunyodkorlik, rivojlanishdan bir necha oʻn yillarga orqaga surib, ilm-fandan yiroqlashtirishini oddiy, sodda tilda tushuntirib bergan.
🎥 Rejissyor va ssenaristlarimiz uchun tarixiy yoʻnalishda serial olish uchun tayyor asar. Baxtga qarshi, hali beri bu voqea boʻlmaydiganga oʻxshaydi.
🇺🇿 O'zbek adabiyotidan boshqa o'qigan asarlarim
👁 @BahodirMahmud