Bahodir Mahmudning "Martin Iden" asariga taqrizi
#MenOʻqiganKitob
Jek London. "Martin Iden" (1909)
⭐️ Shaxsiy ball: 8,5/10
Kitob insonni qay darajada yuksaltiradi?
Bu savolga javobni ushbu asar bosh qahramoni chapani dengizchi Martindan so'rang.
Muhabbat insonni qay darajada o'zgartiradi? U yosh va tabaqa tanlaydimi?
Bu savolga javobni ko'ngli kibor oila qizi bo'lmish Rus ismli qizga oshiq bo'lgan Martindan so'rang.
Mehnat insonni qay darajada toblaydi?
Bu savolga ham tirikchilik dardida istalgan ishni qilib ketaveradigan, mehnatdan qochmaydigan Martindan so'rang.
Jek Londonning o'z hayoti tasvirlangan deb ishoniladigan "Martin Iden" 1909-yil dunyo yuzini ko'rgan.
Kitobda individuallik hamda sotsializm g'oyalari o'zaro zidlantiriladi. Oliy sinf vakilasi Rus hamda uning oila a'zolari e'tiborini tortish uchun o'z oldiga kuchli yozuvchi bo'lish maqsadini qo'ygan Martin kitoblar va ilm ummoniga g'arq bo'ladi. Falsafa, she'riyat, nazm uni chinakam ma'noda keng fikrli, teran tafakkurli dono insonga aylantiradi. Qachonlardir kambag'allik va ochlik egizaklari bo'lgan Martin boylik va pul borasida ham yuksaklikka erishadi. Bir vaqtlar e'tiborsiz qoldirilgan sevgi ham eshik taqillatib keladi go'yo.
Xo'sh? Bularning barchasi insonni baxtli qila oladimi? Kitobni o'qib nafaqat yuqoridagi savollarga, balki boshqa savollarga ham javob topasiz. Faqat tushkunlikka tushib qolmang.
📖 Kitobni "Mutolaa (https://t.me/mutolaaxona)" dasturida elektron tarzda bepul o'qishingiz mumkin:
https://mutolaa.com/book/martin-iden
Jahon adabiyotidan boshqa kitoblarga kichik taqrizlar. (https://t.me/BahodirMahmud/1413)
👁 @BahodirMahmud