Bahodir Mahmudning "Kapitan Grant bolalari" asariga taqrizi
Jyul Vern bolalar uchun yozmaydi. U hamma uchun yozadi!
Asar bir guruh dengiz sayyohlarining baroridan kelgan akula ovidan so'ng, akula qornini ochishlari hamda uning ichidan shishaga zichlab solingan, uchta tilda yozilgan jumboqli, yordam so'rab yozilgan xat topib olishganidan so'ng boshlanadi.
Xatda bir guruh dengizchilar kemada sayohatida halokatga uchrab, noma'lum orolga tushib qolishgani bayon etilgan edi. Asar bosh qahramonlaridan biri mard va jasur Lord Glenarvan ana shu dengizchilarni, aniqroq aytadigan bo'lsak Kapitan Grantni izlab yo'lga chiqadi. Sizning kitob, hamda Janubiy Amerika, Avstraliya, Yangi Zwlandiya bo'ylab sayohatingiz ana shu tarzda boshlanadi.
Muallifning "O'n besh yoshli kapitan (https://t.me/BahodirMahmud/1082)" asarini o'qigach, uning nafaqat yozuvchi balki haqiqiy olim ekanligini kashf qilgan edim. Bu kitobdan keyin bunga yana bor amin bo'ldim. Shunchaki ensiklopediya! Kitobda shuningdek, mardlik, do'stlik, jasorat, g'amxo'rlik, dardkashlik kabi fazilatlar ulug'lanadi.
🏖 Farzangiz uchun (10+) yozgi ta'tilni samarali o'tkazishida qo'l keladigan kitob. Albatta olib bering (https://asaxiy.uz/product/zhyul-vern-kapitan-grant-bolalari). O'qimagan bo'lsangiz birgalikda o'qib muhokama qilishni tavsiya qilaman. Aytgancha, yangi sarguzashtlar uchun dunyo siyosiy kartasini qo'shib olish esdan chiqmasin. 🗺
📖 Kitobni "Mutolaa" ilovasida bepul o'qishingiz (tinglashingiz) mumkin:
⛓️ https://mutolaa.com/ru/book/kapitan-grant-bolalari
🌐 Jahon adabiyotiga doir boshqa kitoblarga kichik taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/1413)
👁 @BahodirMahmud