Bahodir Mahmudning "Farengeyt bo'yicha 451º" asariga taqrizi
#MenOʻqiganKitob
🔥 Rey Bredberi. "Farengeyt bo'yicha 451 daraja" (1953)
📓 Goodreads: 3.98/5
⭐️ Shaxsiy: 9/10
Kitoblarni yoqishdan ham og'irroq jinoyat bor. Masalan, ularni o'qimaslik.
©️ Rey Bredberi
So'nggi marta "1984" (https://t.me/BahodirMahmud/1203) romanini o'qiganimda kitob sababli ikki-uch kun chuqur depressiyada yurgan edim. Bu kitobni o'qib ham ana shu holat bo'ldi. Kitob uzoq kelajakdagi Amerika hayotini hikoya qiluvchi asar. Unda kitob o'qish va ularni saqlash katta jinoyat. O't o'chiruvchilar o't o'chirish o'rniga uyida yashirincha kitoblarni saqlayotgan xonadonlarni topib ulardagi kitoblarni yo'q qilish bilan shug'ullanadi. Aholining muttasil televizor ko'rishiga, oldi-qochdi mavzulardan boxabar bo'lib borishiga alohida targ'ibot ishlari olib boriladi.
Ana shunday o't o'chiruvchilardan biri - bosh qahramon - Gay Monteg. Ittifoqo, kunlarning birida atrofdagilardan ajralib turadigan, dunyoqarashi keng, tanqidiy fikrlashi juda yaxshi bo'lgan qo'shnisi, Klarissa MakKlellan ismli qiz bilan (keyinchalik avtohalokatda vafot etadi yoki ataylab o'ldiriladi) yaqindan tanishib qolib, u bilan bir necha suhbatlar o'tkazib o'zining butunlay xato yo'lda ekanligini tushunib yetadigan yigit.
Monteg aqli kirganidan keyin yangi-yangi muammolarga duch kelishni boshlaydi. Voqealar rivoji mutolaa davomida sizni hayron qoldirishi aniq.
✔️ O'zini kitobsevarman deb o'ylagan har bir kitobxon albatta o'qishi shart bo'lgan kitob!
Kitob javonimda bu kitobga joy bormi? 💯 Albatta! Faqat kitobning qattiq yoki fleksibl muqovalisini topa olmayapman. Agar sizda bo'lsa uni menga sovg'a qiling. 😃
P.S.: Va albatta, bu postga 🔥 emojisini bosish mantiqan to'g'ri )
📚 Men oʻqigan boshqa kitoblarga taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)
👁 @BahodirMahmud