Bahodir Mahmudning "1984" asariga taqrizi
#MenOʻqiganKitob
📖 Jorj Oruell. 1984 (1949)
Ochigʻi, oldinroq asarni bir necha marta boshlagan boʻlsam ham hech asar soʻngiga yeta olmagan edim. Vaqt boʻlib qayta mutolaaga imkon topildi.
Asar odamning yuragini siqib qoʻyadigan, uzoq oʻylantirib qoʻyadigan kitob. Koʻzlarni esa moshday ochadigan kitob.
Asar garchi 1947-yilda yozilgan boʻlsa ham, voqealar rivoji kelajak zamonda 1984-yilda, hozirgi Angliya hududida sodir boʻladi.
Asar bosh qahramoni Uinston Smit oʻzi Haqiqat vazirligida ishlasa-da, davlat boshqaruvi, xususan, davlatning eng kattasi "Katta ogʻa" (prototip-Stalin)dan nafratlanadi.
Hamma yerda taqiq. Hamma yerda kuzatuv. Gapirilgan notoʻgʻri gap tugul, oʻylangan teskari fikr uchun ham fikr politsiyasi tomonidan qoʻlga olinishing mumkin.
Xullas, oʻqivoradigan joyi. Taqriz yozaman deb shundoq yaxshi asarni spoyler qilib qoʻyish niyat yoʻq.
Qisqa qilib aytganda Oruel - daho.
⭐️ Asar uchun shaxsiy reyting: 9/10
📚 Men oʻqigan boshqa kitoblarga taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)
✅ @BahodirMahmud