Abdullatifxon

Taqrizlar

Javzarzordagi xaloskor

Kitob katta sinfdagi bir maktab o‘quvchisining bir necha kuni haqida. Boshidanoq shu yoshdagi norozilik, isyonkorlik kayfiyatini sezishi boshlaysiz. Hech narsa yoqmaydigan, hamma narsani tanqid qilaveradigan, hammadan va hamma narsadan norozi yigit.

Do‘stlari bilan chiqishi qiyin, qizlar bilan esa ziddiyatlari borlar. Shu darajadaki hammani la'natlayveradi, yomon ko‘raveradi. O‘qishi ham unchalik emas. O‘qisa, harakat qilsa uddalay oladigandek, lekin ruxiy kechinmalari tufayli o‘qishga yetib borolmaydi.

Rejalari katta, kichik va juda beqaror, tez o'zgaruvchan. Qat'iyatlilik yo‘q. Xotiralarga bog‘lanib qolgan, lekin shunda ham bir mujda, ishonch bilan yashaydi. Beriladigan va berishga harakat qilingan juda ko‘p yordam qo‘llari bor. Va shu qo‘llarga ham ishonch yo‘q.

Shular orasida boshqalariga o‘xshamaydigan bir qo‘l borki u boshqa qo‘llardek qudratli emas. O‘zi jajjigina, imkoniyatlari ham ko‘p emasdir balki. Biroq shu qo‘lning tafti, mehri, e'tibori bor. Va u doim yordamga tayyor. Va mana shu qo‘l haqiqiy xaloskordir.

O‘smirlikning, o‘tish davrining bor yuzi, tarovati ko‘rsatib berilgan kitob. Kamida yoshligingizni eslaysiz. To‘g‘ri, balki siz bunday bo‘lmagandirsiz. Lekin qaysidir ma'noda hozirgi davrining aksar yoshlarini ifoda etsa kerak. Yana ham bilmadim.

Xullas, tavsiya. )))

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz