Javdarzordagi xaloskor

Javdarzordagi xaloskor

Jerom Selinjer

3.9 (13 ta baho)
Baholang:
11 kishi oʻqimoqchi 1 kishi oʻqiyapti 3 kishi oʻqib boʻlgan
Janr: Roman

Kitob tavsifi

Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani 1945–1946-yillarda seriyali shaklda qisman nashr qilingan, 1951-yili alohida kitob boʻlib chiqqan. Asar koʻplab tillarga oʻgirilgan. Shu kungacha 65 million nusxada sotilgan. 2005-yili “Time” jurnali asarni 1923-yildan boshlab ingliz tilida yozilgan 100 ta eng yaxshi romanlar roʻyxatiga kiritgan. “Modern Library” nashriyoti esa romanni XX asrning 100 ta eng sara asarlari qatoridan joy olishga loyiq topgan. 2003-yil BBCning “The Big Read” (“Eng koʻp oʻqilgan”) soʻrovnomasida u 15-oʻrinni egallagan. Asarda beparda soʻzlar koʻp uchragani bois bir qancha mamlakatlarda, jumladan, AQSH maktablarida ham keyinchalik tanqidga uchragan va uzoq yillar nashr etilishi taqiqlangan. “Javdarzordagi xaloskor” koʻp bora senzuraga uchragan boʻlishiga qaramay, AQSH maktablarida eng koʻp oʻqitilgan asarlar roʻyxatida 2-oʻrinda turadi (1-oʻrinni Jon Steynbekning “Sichqonlar va odamlar haqida” novellasi egallagan).Asarning bosh qahramoni Holden Kolfild oʻsmirlarning sarkashligi, isyoni timsoliga aylanishga ulgurgan. Roman, shuningdek, maʼsumlik, asillik, oʻzlik, yoʻqotish, daxldorlik, intim va tushkunlik kabi murakkab masalalarga ham tegib oʻtadi.

Kitob haqida

Asl nomi
The Catcher in the Rye
Tili
Asar yozilgan til
Ingliz
Ilk nashr sanasi
1951

Statistika

3.9
O‘rtacha baho
13
Baholar

Baholar taqsimoti

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Telegram Help