- Tavalludi
- 16-dekabr 1964
Salim Ashur 1964-yil 16-dekabrda Tojikiston Respublikasining Qoʻrgʻontepa viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida dehqon oilasida tugʻildi. Salim Ashurning ota-onasi Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumaniga koʻchib oʻtadi va Salimning bolalik hamda oʻsmirlik yillari Qiziriq choʻllarida kechadi. U 1982-yili shu yerdagi oʻrta maktabni tugatib, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga oʻqishga kiradi va uni 1989-yilda tugatadi. Uning ilk sheʼrlari 6-sinfda oʻqiyotgan kezlarida tuman gazetasida bosiladi. Respublika matbuotida esa shoirning birinchi sheʼri 1979-yili «Gulxan» jurnalida chop etilgan. Salim 1990-1994-yillari «Saodat» jurnalida, 1994-1996-yillari esa «Oʻzbekiston ovozi» gazetasida ishlaydi. Hozir u «Turkiston» gazetasida bosh muharrir boʻlib ishlamoqda. Salim Ashur oʻz ijodi bilan respublika matbuotida muntazam qatnashib, sheʼrlari qator jamoa toʻplamlarida chop etiladi. 1994-yili shoirning «Yashil giyoh» va «Atirgul» kabi sheʼriy kitoblari nashr etiladi. Shuningdek, «Atalgan kunlar» (2004), «Sensiz» (2005), «Darz» (2005) toʻplamlari nashr etildi. U bir qator sheʼriy va nasriy tarjimalari bilan ham oʻquvchi eʼtiborini qozongan.
Kitoblar (2)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Munchoq
Salim Ashur
Munchoq
|
— |
0.0
(0)
|
|
Qor maydalab yogʻard...
Salim Ashur
Qor maydalab yogʻardi
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Munchoq
Salim Ashur
Munchoq
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Qor maydalab yogʻard...
Salim Ashur
Qor maydalab yogʻardi
|
— | Hikoya |
0.0
|