S

Sa’dulla Karomatov

14.07.1928 21.08.1987

5.0 (1 ta baho)
Qissa Roman

Mohir jurnalist, adib va tarjimon Sa’dulla Karomatov 1928-yili Buxoroda tug‘ilgan. O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan. 1963-yilda esa uning birinchi yirik nasriy asari–«Tog‘lar tabassumi» hujjatli qissasi maydonga keldi. So‘ng «Amuning zar kokillari», «Go‘zallik ramzi», «Kumush kamar» singari ocherklar to‘plamlari bosmadan chiqdi. Shundan so‘ng u mohir hikoyanavis va qissanavis sifatida qalam tebratdi. «Bir tomchi qon», «E’tiqod» (1970) kabi qissalarini yaratdi. U so‘nggi yillarda geologlar hayotidan olib yozilgan «Oltin qum» va cho‘llarni o‘zlashtirayotganlarga bag‘ishlangan «So‘nggi barxan» romanlarini yaratdi. Sa’dulla Karomatov mohir tarjimon sifatida ham barakali qalam tebratib keldi. U Jyul Vernning «Suv ostida 8000 mill», turkman yozuvchisi Qilich Quliyevning «Qora karvon» romanlarini, Eron yozuvchilarining hikoyalar to‘plamini, tojik yozuvchisi Yusuf Akobirovning «Tegirmon to‘xtagach» qissasini, Vadim Kojevnikovning «Peshin chog‘i kungay tomonda» romanini o‘zbek tiliga o‘girgan. Sa’dulla Karomatovga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan.

Kitoblar (5)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Tog‘ go‘zali Sa’dulla Karomatov
Tog‘ go‘zali

0.0 (0)
Oltin qum Sa’dulla Karomatov
Oltin qum

0.0 (0)
Hijron Sa’dulla Karomatov
Hijron

0.0 (0)
E’tiqod Sa’dulla Karomatov
E’tiqod

0.0 (0)
Bir tomchi qon Sa’dulla Karomatov
Bir tomchi qon

5.0 (1)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help