- Tavalludi
- 29-dekabr 1979
Rustam Jabborov 1979-yil 29-dekabrda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Bolaligidan badiiy ijodga qiziqib keladi. Sheʼr, hikoya va qissalari, turli mavzulardagi maqolalari davriy matbuotda muntazam chop etib boriladi. Bir qator badiiy, hujjatli va multiplikatsion filmlar ssenariysi muallifi. 2009-yilda “Vijdon” nomli hikoyalar toʻplami, 2010-yilda ozarbayjon yozuvchisi Ilgʻor Fahmiyning “Aktrisa” romani uning tarjimasi asosida nashrdan chiqdi. Shuningdek, ijodkor Gabriyel Garsia Markes, Edgar Po, Gi de Mopassan, Karel Chapek, Anor, Sodiq Hidoyat tsingari dunyoga mashhur yozuvchilarning koʻplab hikoyalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayni paytda “Darakchi” gazetasida bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Intihor
Rustam Jabborov
Intihor
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Intihor
Rustam Jabborov
Intihor
|
— | Qissa |
0.0
|