- Tavalludi
- 15-oktabr 1908
- Vafoti
- 5-may 1986
Taniqli adib, mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy 1908-yili Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida dunyoga kelgan. 1928–1930-yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining Sharq fakultetida oʻqib, oʻqituvchilik qilgan. Toshkent kinostudiyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Qizil Oʻzbekiston», «Sharq yulduzi» muharririyatlarida hamda Oʻzbekiston Davlat nashriyotida xizmat qilgan. U rus adabiyoti namoyondalaridan M. Yu. Lermontov, L. N. Tolstoy, A. P. Chexov, M. Gorkiy, M. A. Sholoxov asarlarini hamda jahon adabiyoti namunalaridan koʻplarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Adib urushdan keyingi yillarda yaratilgan «Fargʻona tong otguncha» (1958, 1967) trilogiyasida Oktyabr toʻntarilishi arafasidagi oʻzbek mehnatkashlarining ogʻir hayoti va maʼrifat sari intilishini tasvirladi. M. Ismoiliy «Bizning roman» (1963) ida yoshlar hayotini aks ettiruvchi, «Odamiylik qissasi» (1965) kabi maʼnaviyat yogʻdularini sharaflovchi puxta, goʻzal nasriy asarlari bilan oʻzbek adabiyotini yuksaltirishga oʻz ulushini qoʻshdi. U 1986-yilda vafot etgan.
Kitoblar (4)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
Qaysar bolaning hayoti
|
1988 |
0.0
(0)
|
Qizlar daftariga
|
1980 |
0.0
(0)
|
Odamiylik qissasi
|
1972 |
5.0
(1)
|
Fargʻona tong otguncha
|
1958 |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
Qaysar bolaning hayoti
|
1988 | Qissalar |
0.0
|
Qizlar daftariga
|
1980 |
0.0
|
|
Odamiylik qissasi
|
1972 |
5.0
|
|
Fargʻona tong otguncha
|
1958 | Roman |
0.0
|