Maqsud Qoriyev

Maqsud Qoriyev

01.08.1926

4.0 (1 ta baho)
Hajviya Hikoya Roman

Jurnalist va adib Maqsud Qoriyev 1926-yilda Toshkentda tugʻilgan. Urush yillarida Toshkent tumani Yunusobod qishlogʻi jamoa xoʻjaliklarida oddiy mehnat bilan shugʻullangan. 1947-yilda esa Toshkent yuridik institutini tugatib, oʻsha yerda aspiranturada qoladi. Keyinchalik yuridik fanlari nomzodi degan ilmiy darajaga ham ega boʻladi. U koʻp yillar Oʻzbekiston Oliy Kengashi noibi boʻlgan. Adibning jurnalistik faoliyati 1949-yil “Qizil Oʻzbekiston” roʻznomasidan boshlanadi. 1952–1954-yillarda esa “Oʻzbekiston kommunisti” oynomasida boʻlim boshligʻi, 1954–1963-yillarda “Toshkent haqiqati” roʻznomasida avval bosh muharrir oʻrinbosari, soʻng bosh muharrir boʻlib ishlaydi. 1963–1984-yillargacha “Sovet Oʻzbekistoni” roʻznomasiga boshchilik qiladi. 1984–1988-yillarda “Mushtum” oynomasining, “Mehrigiyo” roʻznomasining bosh muharriri lavozimlarida ishlagan. Maqsud Qoriyev adib sifatida 60-yillarning 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab mahalliy matbuotlarda koʻrina boshlaydi. Uning “Oydin kechalar” (1968), “Jiyda gullaganda” (1970), “Afrosiyob goʻzali” (1974), “Turnalar baland uchganda” (1976), “Siz uzatib borganda” (1978) kabi hikoya va qissalar toʻplami va “Spitamen” tarixiy romanlari oʻz kitobxoniga yetib borgan. U Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi hamdir.

Kitoblar (7)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
G'aznaviylar
G'aznaviylar

2019

4.0 (1)
Oydin kechalar
Oydin kechalar

2005

0.0 (0)
Ibn Sino
Ibn Sino

1995

0.0 (0)
Qaldirg‘ochlar bahorda keladi
Qaldirg‘ochlar bahorda keladi

0.0 (0)
Bir oyda o‘lasiz
Bir oyda o‘lasiz

0.0 (0)
Spitamen
Spitamen

0.0 (0)
Akam qissasi
Akam qissasi

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.