- Tavalludi
- 8-fevral 1991
Tojiboyeva Gulnoz Zohidullo qizi - bolalar yozuvchisi, ssenariy muallifi, tarjimon, dizayner, taʼmirshunos-rassom. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi (2019). Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi (2021). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (2022).
1991-yil 8-fevral kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Yozuvchi Muhabbat Yoʻldoshevaning farzandi. 2019-yildan Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi va Badiiy ijodkorlar uyushmasi, 2021-yildan Milliy tiklanish demokratik partiyasi, 2022-yildan Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi. Hozirda uyushma “Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti” kengashi raisining oʻrinbosari va qator Xalqaro adabiy jurnallarning Oʻzbekistondagi adabiy koordinatori. 6 yoshidan ertaklar yoza boshlagan. 2008-yilda Zominda oʻtkazilgan Oʻzbekiston yosh yozuvchilar Respublika seminarida “Bolalar adabiyoti” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻlgan.
Bolalar va oʻsmirlarga moʻljallangan 9 ta kitob muallifi: “Oʻrmon ertaklari” (2006), “Kuladigan quyoncha” (2008), “Oʻrmon alifbosi” (2012), “Topishmoqlar” (2012), “Jayhun va Alanga” (2018), “Oʻrmon alifbosi” (2018), “Epchil zagʻizgʻon” (2021), “Sayohatchi kemacha” (2022) va “Mehmondoʻst olmaxon” (2022.
Ertaklari “Gulxan”, „Gʻuncha“, “Tong yulduzi”, “Klass” va boshqa qator nashrlarida chop etilgan. Bundan tashqari, rus, qozoq, qirgʻiz va ingliz tillariga tarjima qilinib, ertak va hikoyalari AQSh, Rossiya, Ukraina, Donetsk Xalq Respublikasi, Pokiston, Bangladesh, Belgiya va Qrim Muxtor Respublikasidagi adabiy nashrlarda chop etilgan.
2014-yilda Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi hamkorligida oʻtkazilgan “Oʻrta Osiyo mamlakatlari mif, ertak va dostonlari” xalqaro tanlovida oʻzining “Jayxun va Alanga” nomli kinofilm ssenariysi bilan faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Oʻzbekiston hududi - Qanqadan topilgan 10 dan ortiq qadimiy arexologik sopol buyumlarni taʼmirlab, qayta tikladi va 2016-yilda Ikuo Hirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyida oʻtkazilgan “Ajdodlar merosi” yillik hisobot koʻrgazmasida namoyish etdi.
2019-yilda oʻtkazilgan “Humo-2019” Xalqaro ertaklar koʻrik-tanlovining asoschisi va hakamlar hayʼati aʼzosi. 20 dan ortiq badiiy filmni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Ukrainaning “Avtograf” adabiy jurnalida shoira Zulfiya Moʻminovaning “Toshbaqa Toshbuvining koʻzoynagi” va “Qargʻacha Qoratosh qanday qilib oʻziga ota-ona izladi” kabi ertaklari, bolalar shoiri Orif Toʻxtashning “Gʻiybatchi chumchuq” nomli ertagi Gulnoz Tojiboyevaning tarjimasi va rasmlari asosida chop etilgan.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
Jayxun va Alanga
|
2018 |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
Jayxun va Alanga
|
2018 | Ertak |
0.0
|