G

G‘affor Hotamov

Tavalludi
25-aprel 1953
Vafoti
4-aprel 2021
Badia Hikoya

G‘affor Hotamov 1953-yilning 25-aprelida Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi G‘ujbog‘ qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1974-yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan. Mehnat faoliyatini respublika bolalar gazetasi tahririyatida boshlagan. «Toshkent oqshomi», «O‘zbekiston ovozi» gazetalari, «Yoshlik» jurnali tahririyatida, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida xizmat qilgan. Keyinchalik «Yoshlik» jurnali hamda «Turkiston» gazetasining bosh muharriri lavozimida ishladi. G‘affor Hotamovning dastlabki hikoyasi «Tong va shom» 1976-yili «Guliston» jurnalida, 1978-yili esa «Xat tashuvchi bola» nomli ilk hikoyalar to‘plami nashr etilgan. 1980-yil G‘affor Hotamovning «Qaytish», 1985-yil «Quduq tepasidagi oy», 1998-yili «Azal va abad», 1990-yili esa «Tohir va Zuhraning kulmagan baxti» qissalari «Yoshlik» jurnalida e’lon qilindi. Yozuvchining hikoya, qissa va badialari keyingi yillarda «Kuntug‘mishning kulmagan baxti», «Birinchi muhabbat qissasi», «Kecha va bugunning saboqlari» nomi ostida kitob holida nashr etilgan. 1977-yilda adibning «Yangi oy chiqqan kecha» romani «Yoshlik» jurnalida e’lon qilindi. Ayni paytda u qator badialar ham yozdi. G‘affor Hotamov «Quduq tepasidagi oy» qissasi va «Evrilish» badiasi uchun O‘zbekiston yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning asarlari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan.
2021-yil 4-aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Ota G‘affor Hotamov
Ota

0.0 (0)
Taqdir ajoyibotlari G‘affor Hotamov
Taqdir ajoyibotlari

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.