Frensis Skott Fitsjerald

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
5.0
Reyting
Janrlari:
roman

Frensis Skott Fitsjerald - amerika yozuvchisi. 1913-1917 yillarda Prinston universitetida oʻqigan. "Jannatning bu tomoni boʻylab" (1920) nomli birinchi romanida Frensis birinchi boʻlib "yoʻqotilgan avlod", 20-yillar amerika yoshlari tasviriga eʼtibor qaratadi. "Yoʻqotilgan avlod" yozuvchi ijodidagi asosiy mavzulardan boʻlib, uning 20-yillardagi koʻplab hikoyalari va "Goʻzallar va xalokatga mahkumlar" (1922) romanida xam oʻz aksini topgan. Amerika adabiyotidagi mumtoz asarlardan hisoblangan "Buyuk Getsbi" (1925) romanida Amerikaning har qanday amerikalik oʻzining halolligi, gʻayrati, mehnatsevarligi bilan ijtimoiy pillapoyaning eng yuqori bosqichiga erisha oladigan mamlakat ekanligi haqidagi afsonani fosh etadi. "Muloyim tun" (1934) romanida esa isteʼdodli psixiatrvrach, baland kayfiyatli idealist Dik Dayverining astasekin zavol topishi, boylik oldida taslim boʻlishi haqida hikoya qilinadi, romantik orzuxayollar bilan haqiqiy hayot toʻqnashuvidagi chuqur fojia tasvirlanadi. Tugallanmagan ijtimoiy romani "Soʻnggi magnat" (1941-yil nashr etilgan) Gollivud hayoti, undagi kishilarning xulqatvori haqida. Frensis, shuningdek, "Yoʻldan ozdiruvchi ayollar va faylasuflar" (1920), "Jaz asri ertaklari" (1922), "Barcha gʻamgin yigitlar" (1926), "Tongda uygʻotuvchi ovoz" (1935) kabi hikoyalar toʻplamlari, "Halokat" avtobiografik ocherklar toʻplami (1946-yil nashr etilgan), pyesalar, ssenariylar muallifi. Teran psixolog, oʻtkir tanqidchi, nasr ustasi boʻlmish F.Frensis vafotidan ancha keyin, 50-yillarning oʻrtalaridan mashhur boʻlib ketadi.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Frensis Skott Fitsjerald
roman
5.0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz