Daniyel Defo

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
4.0
Reyting
Janrlari:
roman

Daniyel Defo (taxminan 1660, Kriplgeyt – 1731. 26. 4, Murfilds) – ingliz yozuvchisi, publitsist, realistik nasr asoschilaridan biri. Ijodiy faoliyatini jurnalist sifatida boshlagan.
“Loyihalar toʻgʻrisida tajribalar” (1697) pamfletida bir qator siyosiy va iqtisodiy islohotlar oʻtkazishni taklif etgan. Koʻpgina asarlarida tadbirkorlik, aql-idrok, eʼtiqod va soʻz erkinligini yoqlagan, demokratiya gʻoyalarini ilgari surgan (“Xokisor odamning tavsiyanomasi”, 1698 va b.).
Defo maqtanchoq asl zodalarni fosh etadi (“Aslzoda ingliz”, 1701). 1702-yilda pinhoniy nom bilan “Dissenterlardan qasos olishning eng oson yoʻli” nomli pamfletini eʼlon qilgani uchun qamaladi.
Defoning “Robinzon Kruzoning hayoti, ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari” (1719) romani unga olamshumul shuhrat keltiradi. “Kapitan Singlton” (1720), “Polkovnik Jak tarixi”, “Moll Flenders” (1722), “Roksana” (1724) sarguzasht romanlari ham qiziqarli tafsilotlarga boy. Jahon adabiyotida “Robinzon Kruzo” romaniga taqlidan juda koʻp asarlar yaratilgan. Bu roman Yoʻldosh Shamsharov tarjimasida oʻzbek tilida bir necha bor nashr etilgan.

1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz