B

Bo‘riboy Ahmedov

12.08.1924 11.11.2002

5.0 (1 ta baho)
Roman

Boʻriboy Ahmedov (1924. 12. 8, Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Qorasuv qishlogʻi – 2002, Toshkent) – tarixchi, sharqshunos. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori (1974). Oʻrta Osiyo universitetining sharq fakultetini bitirgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib, boʻlim boshligʻi (1960 – 90). 1991-yildan bosh ilmiy xodim. Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi raisi (1995-yildan). Ahmedovning ilmiy faoliyati oʻzbek xalqining etnik tarixi va shakllanishi, manbashunoslik, Oʻrta Osiyo xalqlarining 10-19-asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi, Temur va temuriylar davri tarixi hamda madaniyati kabi muhim yoʻnalishlarga qaratilgan. Bir qancha qoʻllanma, lugʻatlar (“Tarixdan qisqacha izohli lugʻat”, 1977) muallifi. Amir Temurning 660-yilligi (1996) munosabati bilan katta tashkiliy, ilmiy ishlar olib bordi. Amir Temurga bagʻishlangan xalqaro anjumanlar (Parij, Samarqand, 1996)da qatnashib maʼruzalar qildi. “Amir Temur” tarixiy romanini yozdi (1995). Bir qancha kitoblarga masʼul muharrirlik qildi. Asarlari ingliz, fransuz, rus va boshqa xorijiy tillarda bosilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). “Amir Temur” (1997), “Buyuk xizmatlari uchun” (1999) ordenlari bilan taqdirlangan.

Kitoblar (4)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Amir Temur o‘gitlari
Amir Temur o‘gitlari

0.0 (0)
Ajdodlar o‘giti
Ajdodlar o‘giti

0.0 (0)
Tarixdan saboqlar
Tarixdan saboqlar

0.0 (0)
Amir Temur
Amir Temur

5.0 (1)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.