Aziz Nesin

Aziz Nesin

20.12.1915 06.07.1995

4.6 (12 ta baho)
Hajviya Hikoya Roman

Aziz Nesin (taxallusi; asl ismi Mahmud Nusrat – Mehmet Nusret Nesin) (1915, Istanbul – 1995, Izmir; Istanbulda dafn etilgan) – turk hajviy yozuvchisi, dramaturg, Nafis sanʼat akademiyasi (Istanbulda oʻqigan (harbiy maʼlumotga ham ega). “Marko posho” (1946) taraqqiyparvar hajviy gazetasi va boshqa matbuot organlarida ishlagan. “Nuh kemasi” (1949) hajviy jurnalini nashr etgan. Koʻplab hajviy hikoya, poema va romanlar muallifi, siyosiy va ijtimoiy hajv ustasi.
“Jinnilar ozod boʻldi”, “Ishbilarmon odam”, “Nozik va nafis”, “Xudoga shukur” va boshqa asarlari siyosiy oʻtkir va dolzarb. Ularda yozuvchi jamiyat illatlarini fosh qiladi, kulgili vaziyat, xususiyat va holatlar orqali kishilarni beixtiyor oʻz nuqsonlaridan kulishga majbur etadi. Aziz Nesin asarlarining qahramonlari – ish axtaraverib bezor boʻlgan mayda amaldor, omadsiz ziyoli va qashshoq ishchi (“Yashasin kambagʻallik”, “Maydon soatlari”, “Xotin kishi boʻlganimda-yu…” va b.).
“Shunday boʻldi, bunday boʻlmaydi” avtobiografik qissasi, “Aziznoma” hajviy sheʼrlar va “Mamlakatlardan birida” hajviy hikoyalar toʻplamlari mavjud. Hajvchi yozuvchilar xalqaro tanlovlarida “Dafna chambari” olgan (1956, 1957). Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining Toshkent anjumanlari ishtirokchisi.

Kitoblar (13)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Tayoq yemasdan turolmayman
Tayoq yemasdan turolmayman

2024

4.6 (5)
G'aroyib bolalar
G'aroyib bolalar

2005

5.0 (2)
Nazokatu nafosat Aziz Nesin
Nazokatu nafosat

0.0 (0)
Demokratiya shunqori Aziz Nesin
Demokratiya shunqori

0.0 (0)
Xushtak afandim
Xushtak afandim

0.0 (0)
Xotin kishi bo‘lganimda-yu…
Xotin kishi bo‘lganimda-yu…

0.0 (0)
Dahshatli tush Aziz Nesin
Dahshatli tush

0.0 (0)
Siz biroz kuting… Aziz Nesin
Siz biroz kuting…

0.0 (0)
Kemani zabt etgan sh... Aziz Nesin
Kemani zabt etgan shilliqqurtlar

5.0 (1)
Ustasi faranglar Aziz Nesin
Ustasi faranglar

0.0 (0)
“Adabiyotsevar” Aziz Nesin
“Adabiyotsevar”

3.8 (4)
Ona tarbiyasi
Ona tarbiyasi

0.0 (0)
Keyin xursand bo‘lasiz
Keyin xursand bo‘lasiz

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help