Anna Frank

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
kundaliklar

Frankfurt-Mayn shahrida yahudiylar xonadonida dunyoga kelgan Annali Mari Frankning dadasi Otto Frank tadbirkorlik bilan shugʻullangan. Onasi Edit Hollander ham oʻziga toʻq, ziyoli oiladan. Annali oilada kenja farzand edi. U hali 4-5 yashar bola ekanligida fashistlar harakati avjga chiqib, Franklar oilasi yahudiylarga nisbatan siyosiy siquvlar tufayli Niderlandiyaga qochib ketishga majbur boʻladi. Otto Frank bu yerda ham tadbirkorlik faoliyatini davom ettiradi. Ammo fashistlar Gollandiyaga bostirib kirgach, yahudiylar yana mushkul ahvolda qoladi. Annalining opasi Margo Betti Frank mehnat lageriga chaqiriladi. Franklar oilasi bu xabardan soʻng shoshilinch ravishda 1942-yilning 16-iyul kuni Amsterdam markazidagi bir bino chordogʻiga yashirinishadi. Ularga Van Pelslar oilasi hamrohlik qiladi. Otto Frankning hamkasblari iqtisodiy, moliyaviy va maʼnaviy yordam berib turishadi.
Chordoqdagi ikki yillik yashirin hayoti davomida Anna Frank kundalik yozib boradi. Aslida yashirinishdan biroz oldinroq qogʻozga tusha boshlagan kundalik “Chordoq hikoyalari” nomi bilan davom ettiriladi. Kundalikda Annaning kechinmalari, qoʻrquvlari va urushdan norozilik kayfiyati yaqqol aks etib turadi.
Bu hujjatli asarda urush tafsilotlariga nisbatan otalar va bolalar muammosi, ruhiy iztiroblarga koʻproq ahamiyat berilgan. “Chordoq hikoyalari” aniq hayotiy kuzatuv asosida, badiiy toʻqimalarsiz yozilgan boʻlib, his-tuygʻularga boy. Anna Frank voqelik haqida xolis fikr yuritishga urinadi.
Urush oxirlab, qochqinlikdagi kunlariga barham berilgach, Anna kundaligini roman sifatida chop etishni rejalashtirib, 1944-yilning 20-mayidan yozuvlarini qayta koʻrib chiqa boshlaydi. Afsuski, uni kitob holida oʻzi koʻrmaydi. A. Frank 1945-yili fevral oyida fashistlarning Bergen shahri yaqinidagi konsentratsion lagerida olamdan oʻtadi. Yozganlari “Chordoq hikoyalari” nomi bilan ilk bor 1947-yilda nashr etiladi va 1952-yilga kelib, Yevropa qitʼasida dovruq qozonadi. Ushbu asar tufayli butun dunyo Anna Frankni taniydi. Kitob oltmishdan ortiq tilga tarjima qilinadi. Bu asar hozirda dunyoning koʻplab mamlakatlarida adabiyot darsliklari orqali oʻquvchilarga tanishtiriladi.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Anna Frank
kundaliklar
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz