Aleksandr Dyuma

image
4
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
4.8
Reyting
Janrlari:
roman

Alexandre Dumas (talaffuzi: Aleksandr Dyuma) (24-iyul 1802 — 5-dekabr 1870) — farang yozuvchisi. Sarguzashlarga boy tarixiy romanlari bilan nom chiqargan. Dumas eng mashhur fransuz yozuvchilaridandir. Alexandre Dumasning oʻgʻli Alexandre Dumas ham yozuvchi boʻlgan. Shuning uchun Alexandre Dumas katta Dumas père (Dumas-ota) va Alexandre Dumas kichkina Dumas fils (Dumas-oʻgʻil) deb yuritiladi.

Alexandre Dumasning eng mashhur asarlari „Uch mushketyor“ (1844), „Graf Monte-Kristo“ (1844-1845), „Yigirma yildan keyin“ (1845) va „Vikont de Brajelon“ (1848-1850) romanlaridir. Dumas romanlar bilan birga dramalar ham yozgan. U hayoti davomida 1200 dan oshiq asar yozgan. Alexandre Dumasning koʻp asarlari rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Dumas adabiy faoliyatini dramaturg sifatida boshlagan — uning ilk asari „Ov va muhabbat“ (1825) kichik pyesasidir. „Genrix III va uning saroyi“ (1829) dramasi yozuvchiga muvaffaqiyat keltirdi. Dumasning „Antoni“ (1831), „Nel minorasi“ (1832) va boshqa pyesalari romantik teatr tarixidagi muhim voqeadir.

1835-yilda Dumas birinchi tarixiy romani „Izabella Bavarskaya“ni eʼlon qildi. 19-asrning 40-yillarida ketma-ket „Uch mushketor“ (1844), „Yigirma yildan soʻng“ (1845), „Vikont de Brajelon“ (Le Vicomte de Bragelonne, ou Dix ans plus tard) (1848—50) tarixiy-sarguzasht romanlari paydo boʻldi. Trilogiyani tashkil etgan bu romanlarning qahramonlari umumiy — asardan-asarga oʻtib yuradi. Uchinchi romanni aslida Paul Mahalin yozgan. Shunday boʻlsa ham, kitobga avtor deb Dumasmning nomi koʻrsatilgan. „Qirolicha Margo“ (1845), „Monsoro xonim“ (1846), „Qirq besh“ (1847—48) — Genrix Navarrskiy haqidagi trilogiyadir. „Graf Monte-Kristo“ (1845—46) zamonaviy hayot haqidagi sarguzasht roman.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz