Abu Ali ibn Sino

Abu Ali ibn Sino

Tavalludi
1-yanvar 980
Vafoti
1-yanvar 1037
Falsafiy qissa Qissa

 

Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona, hozirgi Isfana qishlogʻida tugʻilgan. Ibn Sino 1002-yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda boʻladi. U 1037-yilda (hijriy 428) 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi. Mutafakkirning turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi maʼlum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, oʻndan ortigʻi astronomiyaga oid asarlardir va hok.
Ibn Sino Sharqda «Shayxur-Rais», Gʻarbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur. Uning nasriy asarlari arab tilida yozilgan. «Yusuf qissasi» Qurʼon syujeti asosida yozilgan birinchi asar boʻlib, ramziy-majoziy usuldadir. «Rasolat – at tayr» («Qush risolasi»), «Uygʻoq oʻgʻli Tirik» («Hayy ibn Yaqzon») kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda, «Salomon va Ibsol» esa ishqiy-sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, gʻazal, ruboiy, fardlar yaratgan.
Asarlari: «Kitob ash-shifo», «Donishnoma», «Kitob al-qonun fi-t-tib» («Tib qonunlari kitobi», 5 kitob, 14 jilddan iborat boʻlgan), «Salomop va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Risolat at-tayr» («Qush risolasi»), «Uygʻoq oʻgʻli Tirik», «Tibbiy urjuza», «Faan ash-sheʼr» («Sheʼr sanʼati», sheʼr ilmi, yunon sheʼriyatining tur va shakllari haqida), «Musiqa ilmida katta toʻplam» va boshq.

Kitoblar (3)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Salomon va Ibsol Abu Ali ibn Sino
Salomon va Ibsol

0.0 (0)
Qush hikoyati Abu Ali ibn Sino
Qush hikoyati

0.0 (0)
Hayy ibn Yaqzon Abu Ali ibn Sino
Hayy ibn Yaqzon

5.0 (1)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.