Abdug‘ani Abduvaliyev

image
3
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hajviya

Abdug‘ani Abduvaliyev 1942-yil 23-aprelda Namangan shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan. 1964-yili Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. 1964-2012-yillarda Samarqand viloyat teatri, Namangan madaniyat boshqarmasida, viloyat radiosida, 1978-yildan «Namangan haqiqati» gazetasida ko‘p yillar adabiy bo‘lim muharriri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Abdug‘ani Abduvaliyev adabiyotga she’r yozish bilan kirib kelgan, keyin esa nasrda ijod qilishga o‘tgan. Uning hikoyalari, hajviyalari, ichakuzdi hangomalari, latifalari gazeta va jurnallarda, to‘plamlarda muntazam e’lon qilinib kelgan.

Uning «Assalomu alaykum» qissasi Said Ahmadning so‘zboshisi bilan «Sharq yulduzi»ning 1986-yil 12-sonida bosilgan. «Qarsaklar davom etadi» qissasi avval «Bizning yo‘limiz» nomi bilan 1988-yilda «Yoshlik» jurnalida, so‘ng alohida kitob bo‘lib chiqqan – bu muallifning birinchi kitobi hisoblanad. Keyinchalik u «Munajjimning xatosi», «Echki suti», «Po‘sht, biz kelyapmiz», «Gapiradigan qo‘y» kitoblarini ham taqdim etgan. «Salomat bo‘lsinlar», «Ahmoq», «Tillabi» qissalarini yozgan. Ayniqsa, yozuvchining «Ahmoq» qissasi respublikada keng shuhrat qozongan. Uning «Unvon» romani, esse-xotiralari, o‘nlab hajviyalari va teleminiatyuralari kishilar qalbidan joy olgan. Qalloblarni fosh etuvchi «Vasvasa» satirik komediyasi viloyat teatrida sahnalashtirilgan.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz