Bahodir Mahmudning "Yuqumlilik. Mahsulot va g‘oyalar qanday ommalashadi" asariga taqrizi
#MenOʻqiganKitob
🤭 Yona Berger. Yuqumlilik (2013)
Har bir oʻzbek oʻqishi shart boʻlgan kitob!
Kitob insonlar yangiliklarga, noodatiy narsalarni sinab koʻrishga naqadar oʻchliklarini, bu kabi yangiliklarni sinab koʻrish va boshqalarga maqtanish uchun faolliklari tartibini sodda tilda bir nechta hayotiy misollar va faktlar bilan tushuntiradi.
Nega falon joyda beshbarmoq, qotirmani, baliqni zoʻr pishiradi desa odamlar jamoa boʻlib borgisi keladi? Nega qaysidir telefonning yangi markasi chiqsa eskisi benuqson ishlayotgan boʻlsa ham yangilash payidan boʻlamiz?
Bularning barchasi oramizdagi "yuqumlilik" sababli. Muallif yozgan fikrlar va mulohazalarni oʻqib bu "kasallik"ka qarshi biroz boʻlsa ham "immunitet" hosil qilsangiz ajab emas.
Kitob javonimda bu kitobga joy bormi? ✅ Bor. Falon joyda oʻrdak goʻshtini yorvorarkan deganda uchib ketavermaslik uchun qayta-qayta oʻqib turaman. 😃
📚 Shaxsiy rivojlanish, biznes, siyosiy va biografik ruxdagi o'qigan kitoblarim uchun kichik taqrizlar ✍️
👁 @BahodirMahmud