"Yo‘qotganlarim va topganlarim"ga Bahodir Mahmuddan taqriz va iqtiboslar

Yo‘qotganlarim va topganlarim

Said Ahmad

Reyting: 4.0

Baho: 2 ta Taqriz: 1 ta Iqtibos: 1 ta

Taqriz

14-may, 2025

#Taqriz #YoʻqotganlarimVaTopganlarim #SaidAhmad

📖 Said Ahmad. "Yo'qotganlarim va topganlarim"

Bu kitob anchadan beri kitob javonimda turgan bo‘lsa ham negadir aynan mana shu yilning boshida o‘qishga qaror qildim.

Kitob muallif Said Ahmadning bolalik yillaridan boshlab toki umri va ijodining so‘nggi yillariga qadar birga vaqt o‘tkazgan, yaxshi va yomon kunlarni birgalikda baham ko‘rgan insonlarga bag‘ishlangan.

Muallif kitobni ikki qismga bo‘ladi:

“Yo‘qotganlarim” qismi asosan yozuvchining bolalik yillaridan boshlab unga ustozlik qilgan ijodkorlar, xususan, Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayhzoda va boshqalar shoir va yozuvchilar, shuningdek, oila aʼzolari va uning uchun chin sadoqat ramziga aylangan rafiqasi shoira Saida Zunnunova haqida xotiralarni o‘z ichiga oladi. Kitobni o‘qish davomida aynan shu insonlarni Said Ahmad tili bilan yana bir bor kashf qilasiz.

“Topganlarim” qismi esa asosan Said Ahmadning o‘zi bilan birgalikda ijod olamiga kirib kelgan shaxslar, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Habib Saʼdulla, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Anvar Obidjon va boshqa ijodkorlar va ijodkorning shoh asarlariga aylangan romanlari va hikoyalarining yaralish tarixi va qahramonlarning prototiplari haqida hikoya qiladi.

Kitobni o‘qir ekanman, Said Ahmadni bemalol sabr va matonatning ulkan ramzi deb aytish mumkin degan xulosaga keldim. Tuhmat orqali bir necha yil qamoqda o‘tirgan, chiqqandan keyin ham yuqoridagilarning gapi bilan gazeta va jurnallarga yaqinlashtirilmagan insonning umr yo‘li kinofilmga aylantirilsa ko‘pchilik uchun naʼmuna vazifasini o‘tab bera oladigan ijod bo‘ladi deb o‘ylayman.

Kitob shaxsan menga manzur bo‘ldi. O‘qishni tavsiya qilaman!

📚 O'zim o'qigan va audiokitob shaklida eshitgan kitoblar haqida yozilgan taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)

✅ @BahodirMahmud

Iqtiboslar

Hozircha iqtiboslar yoʻq :(
Logo Logo © 2025 Mutolaa.uz